Yigirmançi asrda Turkistonni qoloqlikdan qutqarib, odamlarni savodli qilişga bel boğlagan jadidçilik harakati namoyandalari yoşlarni Yevropaga öqişga yuborib mamlakatni taraqqiyotga boşlaydigan kadrlar yetiştirişni maqsad qiladi.

Şu maqsadda 1922 yilda Turkistondan ilk talabalar guruhi Germaniyaga öqişga yuboriladi. Ular orasida bor-yöği 2 nafar qiz: Maryam Sultonmurodova va Xayriniso Majidxonovalar bor edi.

Germaniyada öqigan talabalar.
Foto: Bahrom Irzayev

Kun.uz ilk bor çet el ta’limini olgan özbekistonlik xotin-qizlar va ularning ayançli tarixi haqida adabiyotşunos olim, jamoat arbobi Naim Karimov bilan suhbatlaşdi.

Orzudagi mustaqil davlatni boşqariş uçun kadrlar kerak edi

20-asr boşlarida mamlakatimiz Turkiston deb atalardi. Bu davrda Turkistonda jadidçilik – milliy uyğoniş harakati boşlandi. Xalqning turmuş tarzi, madaniyati, fan, san’ati nihoyatda oğir ahvolda edi. Turkiston – Çor Rossiyasi mustamlakasi edi, jadidlar mustamlaka zanjirlarini parçalaş uçun bolalarni, yoşlarni öqitiş, zamonaviy fanlarga örgatiş kerak degan qarorga kelişadi. Ularning bu rejalari qatorida yoşlarni Yevropaga öqişga yuboriş ham örin olgandi.

Mahmudxöja Behbudiy: “Agar biz diniy ulamolarni tayyorlab çiqarmoqçi bölsak, Arabiston, Misrga yoşlarni yuborişimiz kerak. Agar zamonaviy fanlar, texnikani rivojlantirişni maqsad qilsak, unda Yevropa mamlakatlariga talabalarni yuborişimiz kerak”, degan şior bilan çiqqan. Bu şiorni amalga oşiriş uçun hali vaqt pişib yetilmagan edi.

1917 yilda Qöqonda Turkiston muxtoriyati tuziladi, lekin harbiy tomondan zaif muxtoriyat biroz ötib qonga botiriladi. Şundan söng yurtda sovet hukmronligi örnatiladi. Mana şu orada Özbekistonda “Bilim hay’ati” tuziladi. Taşkilotning asosiy maqsadlaridan biri talabalarni çetga öqişga yuborişdan iborat edi.

Taşkilot a’zolari: “Har yili 70 nafar talabani xorijga öqişga yuborsak, yaqin orada mustaqillikka erişişimiz mumkin va mustaqil Özbekistonni boşqara oladigan kadrlar yetişib çiqadi”, deb işonişgan. Şunday qilib 1922 yilda ilk marta talabalarni öqişga yuboriş rejasi amalga oşadi. Öşa vaqtda Turkiston hukumati ixtiyorida Buxoro amiridan qolgan oltinlarning bir qismi bor edi, xazinaning asosiy qismi Rossiyaga taşib ketilgandi.