Indeksda ballarni hisoblaş metodologiyasi özgargani sababli natijalarni 2021 yil natijalari bilan taqqoslaşda ehtiyot böliş lozim, deyiladi taşkilot rasmiy relizida.

Yangi metodologiyaga köra, dunyo mamlakatlaridagi OAV erkinligining holati beş xil indikator: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy va xavfsizlik nuqtayi nazarlaridan baholangan.

Indeksda mamlakatlar söz erkinligi bilan boğliq vaziyat “yaxşi”, “qoniqarli”, “muammoli”, “oğir” va “juda jiddiy” guruhlarga bölingan. “Çegara bilmas muxbirlar” Özbekistonda söz erkinligi böyiça “oğir” vaziyat saqlanib qolayotganini qayd etgan.

Hisobotda Islom Karimovdan keyingi davrda Özbekiston söz erkinligi böyiça qator yutuqlarga erişgani e’tirof etilişi barobarida, tanqidiy xulosalar ham bildirilgan.

Kuzatuvçilarning fikriça, Özbekistonda OAV va blogerlar ustidan nazorat örnatilgan, telekanallar asosan propaganda bilan maşğul, rasmiy matbuot yoritolmaydigan mavzular ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinadi. Xulosada, şuningdek, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy 6,5 yilga qamalgani ham eslab ötilgan.

Markaziy Osiyo barça davlatlarining reytingdagi örni yaxşilangan:

72. Qirğiziston (+7 poğona ösiş)
122. Qozoğiston (+33)
133. Özbekiston (+24)
152. Tojikiston (10)
177. Turkmaniston (+1)

Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov mamlakat matbuot erkinligi indeksida yuqorilagani bilan soha vakillarini qutladi.

“Çegarasiz reportyorlar" xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan tuziladigan Söz erkinligi indeksining 2022 yilgi reytingida Özbekiston öz körsatkiçlarini birdan 24 pozitsiyaga yaxşilab, 157-örindan 133-öringa kötarildi.

Şu munosabat bilan Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda söz erkinligini ta’minlaş, ommaviy axborot vositalarini jamoatçilik fikrini ifoda etadigan “törtinçi hokimiyat”ga aylantiriş borasida qöyilayotgan muhim qadamlarning natijalaridan biri bölgan uşbu katta muvaffaqiyat bilan yurtimiz jurnalistikasi, ommaviy axborot vositalari va media sohasi vakillarini tabriklayman”, – deya yozdi Asadov Telegram-kanalida.