Rossiya taşqi işlar vazirligi Daniya elçixonasining yetti nafar xodimini persona non grata deb e’lon qildi.
Ta’kidlanişiça, bunga rossiyalik diplomatlarning Daniyadan çiqarib yuborilişi va «Daniya hukumatining Kiyevga harbiy yordam berişi» sabab bölgan.
Rossiya TIV şuningdek, «Kopenhagenning nodöstona harakatlari»ga nisbatan keskinroq çoralar körilişi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Qirollikning Rossiyaga qarşi oşkora siyosati ikki tomonlama munosabatlarga jiddiy zarar yetkazişi mumkin»,— deyiladi TIV xabarida.
5 aprel kuni Rossiyaning Daniyadagi elçixonasi va savdo vakolatxonasining 15 nafar xodimi Daniyadan çiqarib yuborilgandi. Ular josuslikda ayblangan.

















