Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukraina yoki Buyuk Britaniyaga qarshi yadroviy zarba berilishi ehtimolini rad etdi
Ta’kidlanishicha, Rossiya «yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi» degan tamoyilga rioya qiladi.
Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Aleksey Zaytsev Rossiya Ukrainaga qarshi yadro qurolidan foydalanmasligini bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yadro qurolidan foydalanish Ukrainadagi harbiy operatsiya vazifalariga kirmaydi.
«Yadro qurolidan foydalanish ssenariylari Rossiyaning doktrinaviy hujjatlarida aniq yozib qo‘yilgan»,— dedi Zaytsev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya «yadroviy urushda g‘oliblar bo‘lmaydi» degan tamoyilga rioya qiladi.
Shuningdek, Aleksey Zaytsev Buyuk Britaniyaga yadroviy zarba berilishi ehtimoli haqidagi muhokamalarni bema’ni deb atadi.
«Savolingizni Britaniya hamjamiyatining e’tiborini Ukrainada yuz berayotgan voqealardan muhokama qilishning o‘zi bema’ni bo‘lgan masalaga qaratishga urinish deb tushundim»,— dedi u jurnalistning bu haqdagi savoliga javoban.
Avvalroq jurnalist Dmitriy Kiselev «Rossiya-1» efirida bitta «Sarmat» raketasi yoki «Poseydon» «Britaniyani dengiz tubiga g‘arq qilishi»ni aytgandi.
Mavzuga oid
21:33
Xalqaro Buker mukofoti nomi rossiyalik milliarder sharafiga o‘zgartiriladi
17:41
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
11:55
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
11:21