Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev davlat xizmatçilari axloq kodeksi talablariga rioya qilmagani uçun mamlakatning Misrdagi elçisi Kayrat Lama Şarifga hayfsan berdi, deb xabar qildi InformBuro.kz.
«Prezident Qosim-Jömart Töqayev Qozoğiston Respublikasi davlat xizmatçilari axloq kodeksining 9-moddasi talablariga rioya qilmagani uçun Qozoğistonning Misr Arab Respublikasidagi favqulodda va muxtor elçisi Kayrat Kairbekuli Lama Şarifga hayfsan e’lon qildi», — deyiladi xabarda.
Kodeksning uşbu moddasiga köra, davlat xizmatçilari «davlat siyosatining asosiy yönalişlariga mos kelmaydigan» fikrlarini ommaviy tarzda bildirmasligi kerak.
KazTag agentligining yozişiça, diplomat 3 mart kuni Facebook sahifasidagi postida «SSSR va mustamlakaçi Rossiya davridagi bahsli joy nomlaridan» voz keçişga çaqirgan. Hozirda uşbu post öçirib taşlangan.
Şarif respublika poytaxti nomini Nur-Sultondan Ostonaga qaytariş, Almatini Olmaota deb özgartirişni taklif qilgan. Uning fikriça, Qozoğiston nomini ham «Qozoq davlati» deb özgartiriş kerak.

















