Bugun, 6 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida elektrotexnika tarmoğini rivojlantiriş yuzasidan yiğiliş bölib ötdi.

Yutuqlar

Ma’lum qilinişiça, ötgan 5 yil davomida elektrotexnika tarmoğida:

  • 465 million dollarlik investitsiyalar özlaştirilib, 163 ta yangi loyiha işga tuşirilgan;
  • işlab çiqariş hajmi 4 barobarga (4 trillion sömdan 17 trillion sömga), eksport esa 3 barobarga (190 million dollardan 565 million dollarga) oşgan;
  • tarmoqda iş örinlari soni 2 barobarga oşib, 32 mingtaga yetgan.

“Lekin bu hali juda kam. Taraqqiyot dasturida 2026 yilga qadar elektrotexnika mahsulotlari işlab çiqariş hajmini 2 baravarga, eksportni 3 baravarga oşirişni maqsad qilganmiz.

Kelgusi yillarda mis işlab çiqariş hajmi 2 baravarga oşadi. Uni özimizda çuqur qayta işlab, raqobatdoş tayyor mahsulotlarni eksportga yönaltiriş zarur”, dedi prezident.

Buning uçun “ta’lim – innovatsiya – işlab çiqariş – servis” yaxlit zanjirini öz içiga olgan sanoat klasteri taşkil etiş şartligi körsatib ötildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yil oxirigaça işlab çiqarişni kamida 20 foizga oşiriş vazifasi qöyildi

Davlat rahbari 2022 yilda işlab çiqarişni kamida 20 foizga oşiriş vazifasini qöydi. “Özeltexsanoat” uyuşmasi raisi yangi loyihalar böyiça tinimsiz izlanişi şartligi körsatib ötildi. Misol uçun, 2021 yilda özimizda işlab çiqariş mumkin bölgan 1,3 mlrd dollarlik elektrotexnika mahsulotlari import qilingan.

Joriy yilda 500 ming xonadon içimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu, ularga suv isitiş qozoni va quyoş kollektorlari, suv hisoblagiçlari kerak, degani.

Toşkent va Namanganda uşbu mahsulotlarni işlab çiqariş böyiça loyihalarni boşlaşga körsatma berildi.

Viloyatlarning ham öz “Texnopark”lari böladi

Joriy yilda 250 million dollarlik 86 ta loyihani işga tuşiriş rejalaştirilgan. Lekin bu yetarli emasligi qayd etildi.