Şri-Lankada yuz bergan ommaviy norozilik namoyişlari va töqnaşuvlar vaqtida bir nafar politsiyaçi halok böldi, 200 nafardan ortiq odam jarohatlandi. Bu haqda Daily Mirror gazetasi xabar berdi.

Naşrning yozişiça, hukumatga qarşi norozilik namoyişlari vaqtida jarohat olganlar soni 210 nafarga yetgan. Ular Kolombo milliy şifoxonasiga murojaat qilgan.

Avvalroq France-Presse agentligi töqnaşuvlar vaqtida beş kişi halok bölgani haqida xabar qilgandi.

Seşanba kuni Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa akasi, boş vazir Maxind Rajapaksaning iste’fosini qabul qilgandi. 

Orolda iqtisodiy inqiroz sababli norozilik namoyişlari ötkazilmoqda. Mamlakatda 11 maygaça komendantlik soati joriy etilgan.