Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina birinchi prezidenti Kravchuk vafot etdi
Foto: TASS
Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk 10 may kuni 88 yoshida vafot etdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatdi va ma’lumotni marhumning yaqinlari ham tasdiqladi.
Kravchuk mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etgan. U mustaqillikka erishgan Ukrainani 1991 yildan 1994 yilgacha boshqargan. 1994 yil Leonid Kuchmaga saylovda yutqazgan Kravchuk prezidentlikdan ketadi.
Kravchuk 1991 yil SSSR rasman tarqalganini ifoda etuvchi Belovejsk kelishuvining uch ijodkoridan biri hisoblanadi. 4 may kuni bu kelishuvni tuzganlardan bo‘lmish yana bir siyosatchi Stanislash Shushkevich vafot etgandi. Kravchuk kabi 88 yoshida vafot etgan Shushkevich mustaqil Belarus davlatining ilk davlat rahbari hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
13:46 / 06.02.2026
Kiyevda 1100 dan ortiq uy kamida ikki oy issiqliksiz qoladi
12:25 / 06.02.2026
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:06 / 06.02.2026