Regulyatorga köra, mart oyi ikkinçi yarmidan boşlab milliy valuta – sömda naqd pulga bölgan talab keskin ortgan. Natijada Markaziy bank tomonidan muomalaga mart oyida 1 trln 119 mlrd söm, aprel oyida 6 trln 343 mlrd söm, may oyining ötgan 11 kunida 1 trln 100 mlrd söm qöşimça naqd pullar çiqarilgan.

“Mart-aprel oylarida qöşimça çiqarilgan naqd pullarning 8 trln sömi aholining naqd çet el valutasini milliy valutaga ayirboşlaşga bölgan keskin oşgan talabini (uşbu 2 oylik talab odatdagi 11,1 trln sömdan 19,3 trln sömga yetgan), 4-4,5 trln sömi bank kartalaridagi mablağlarni naqdlaştirişga bölgan qöşimça talabni (17 trln sömdan 22 trln sömga yetgan) qondirişga yönaltirilgan.

Mavsumiy iqtisodiy faollikning ortişi sababli 2021 yilning mart-may oylarida Markaziy bank tomonidan muomalaga qöşimça ravişda 2,5 trln söm naqd pul çiqarilgan bölsa, joriy yil mart-aprel oylarining özida (may oyini hisobga olmaganda) bu körsatkiç 3 barobarga oşdi”, deyiladi Markaziy bank bayonotida.

Qayd etilişiça, MB tomonidan joylardagi banklar filiallari va bankomatlarni naqd pul bilan ta’minlaş borasida tegişli işlar amalga oşirilmoqda va aholining naqd pulga bölgan talabini töliq qondiriş uçun barça imkoniyat va zaxiralar mavjud.

“Yuzaga kelayotgan qisqa muddatli uzilişlar naqd pullarni joylarga yetkazib beriş, ya’ni logistikasi va bankomatlarga joylaştiriş bilan boğliq ekanligini hamda mazkur masala Markaziy bank tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

Şu bilan birga, tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan aholining tovarlarni xarid qilişlarida va xizmat körsatişda bank kartalari orqali hisob-kitoblarda tölov terminallaridan tölaqonli va uzluksiz foydalanişlari uşbu muammolarga barham berilişiga kömak beradi”, deya qöşimça qilingan regulyator axborotida.

Iqtisodçi Otabek Bakirov naqd pul tanqisligiga ta’sir qilayotgan ehtimoliy omillarni sanab ötdi.

“Birinçi omil, iqtisodiy faollik oşib bormoqda, faollik oşişi doim likvidlikka va naqdlikka yuqori darajada talab hosil qiladi. Taklif esa ösib borayotgan talab ortidan ulgurmayapti.