Prezidentning “Respublikada asalariçilik tarmoğini jadal rivojlantiriş va asalariçilik faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi, Qişloq xöjaligi vazirligi, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi hamda “Özbekiston asalariçilari” uyuşmalarining:

Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan mevali boğlarni asalari yordamida çanglatiş böyiça tuziladigan şartnomalarga asosan har bir asalari oilasi uçun çanglatiş mavsumida oyiga bazaviy hisoblaşning 40 foizi miqdorida subsidiya beriş;

“Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi a’zolariga har yili asalari qişlovi davrida (oktabr-aprel) ozuqa sotib oliş uçun har bir asalari oilasiga bazaviy hisoblaşning 30 foizi miqdorida davlat budjetidan subsidiya ajratiş;

uyuşmaga a’zolik badalini har bir asalari oilasi uçun yiliga bazaviy hisoblaş miqdori 7 foizi etib belgilaş töğrisidagi takliflari ma’qullanadi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga köra:

Moliya vazirligi asalariçilik xöjaliklarining qişlov davri xarajatlarini qoplaş uçun har yili Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi va “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi tomonidan taqdim etiladigan xarajatlar hisob-kitoblariga asosan davlat budjetidan subsidiya ajratadi;

mevali boğlarni asalari yordamida çanglatiş tadbirini ötkaziş xarajatlarini qoplaş uçun Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi va “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi tomonidan tasdiqlanadigan asalari oilalarini joylaştiriş dislokatsiyasi va hisob-kitoblariga örnatilgan tartib asosida subsidiyalar ajratiladi.

Qişloq xöjaligi vazirligi, Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi hamda “Özbekiston asalariçilari” uyuşmasi bilan birgalikda asalarilar joylaşuv dislokatsiyasi konturlar kesimida aks etadigan dastur işlab çiqiş va uşbu dastur orqali kimyoviy işlov berilayotgan hudud böyiça beş kun oldin preparatlar tirik mavjudotlarga zarari, ta’sir radiusi hamda zarur himoya çoralari töğrisida ma’lumotlarni joylaştirgan holda ogohlantirib boriş tizimini joriy etadi.

Belgilab qöyilişiça: