
12 may kuni Shimoliy Koreya hukumati Pxenyanda koronavirusning “omikron” variantiga chalinish bilan bog‘liq ilk holatlar aniqlanganini xabar qildi – koronavirus 8 may kuni test topshirgan odamlarda aniqlangan.
Shundan keyin butun mamlakatda “maksimal favqulodda holat” joriy etilib, lokdaun e’lon qilingan. Juma kuni mahalliy nashrlar kasallik poytaxtdan tashqaridagi hududlarga ham tarqalganini tan oldi. Bir kunda 18 mingdan ortiq kasallanish holati aniqlangan, ilk qurbonlar bor: 6 kishi vafot etgan.
Shuningdek, mamlakatda aprel oyi oxiridan sababi “noma’lum bezgak” ham tarqala boshlagan. Bu kasallik 350 ming kishida aniqlangan, 188 mingga yaqin kishi karantinga yotqizilgan, 162 ming kishi davolanib chiqqan. Hozircha “noma’lum bezgak” deyilayotgan bu kasallik Covid-19 bilan aloqadorligiga aniqlik kiritilmagan.
Shimoliy Koreya nega koronavirusni rasman tan oldi?
Tahlilchilarning fikricha, pandemiya boshlanganidan 2 yil o‘tib, nihoyat koronavirusning rasman tan olishi Shimoliy Koreyaning misli ko‘rilmagan epidemiya ichida qolganini anglatadi.
Mamlakatning 25 mln aholisining hayoti vaksinatsiya qilinmagani va g‘arib tibbiy xizmat tufayli xavf ostida.
Shimoliy Koreya shu paytga qadar xalqaro hamjamiyat yetkazib bermoqchi bo‘lgan vaksinalarni butunlay rad etgan va koronavirus tarqalgani sabab 2020 yildan chegaralarini butunlay yopgan.
Mamlakatda epidemiya boshlangach, prezident Kim Chen In tibbiyot markaziga tashrif buyurib, koronavirusning milliy miqyosda tarqalishini o‘rgandi va holatni “favqulodda sodir bo‘lgan tibbiyot inqirozi” deb atadi. Qolaversa, u to shu davrga qadar birinchi marta televideniyeda niqob taqqan holda ko‘rinish berdi.

Endi nima bo‘ladi?
Shimoliy Koreya uchun koronavirusning o‘zi eng katta xavf bo‘lmasligi mumkin. Aksincha, lokdaun odamlarga kasallikdan ham ko‘proq zarar keltirishi mumkin deb









