Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi mansabdor şaxslari manfaatlar töqnaşuviga yöl qöygani tasdiqlandi. Bu haqda Kun.uz suriştiruvidan keyin tekşiruv boşlagan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi ma’lum qildi.
Agentlik axborotiga köra, poytaxt SSBB boşliği örinbosarlari va mazkur muassasa huzuridagi “Höjalik hisobidagi tibbiy körik bölimi” DUK direktori “Toşkent şahar soğliqni saqlaş tibbiy diagnostika laboratoriyasi” (“SS-LAB”) MÇJni oçib, aholiga pulli laboratoriya xizmatlarini körsatiş şaklidagi tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan.
Korxona oilaviy va köp tarmoqli poliklinikalarda öz filiallarini taşkil qilib, pulli xizmat körsatgan.
Bu, aksilkorrupsion organning qayd etişiça, manfaatlar töqnaşuvi böyiça normalarga zid. Agentlik örganiş natijalari yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligiga taqdimnoma kiritgan; töplangan hujjatlarni qonuniy çora köriş uçun Boş prokuraturaga yuborgan.
Sobiq vazirlar söroqqa tutiladimi?
Kun.uz bu holat haqida ilk marta bundan bir yil oldin xabar bergan, lekin öşanda na Soğliqni saqlaş vazirligi, na prokuratura va na Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bunga e’tibor qaratgandi.
Bundan ikki oy oldin Kun.uz mazkur holatga yana bir bor e’tibor qaratib, SSVda vazir özgarganidan keyin bu taniş-bilişçilikka çek qöyilişi kutilayotgani haqida ma’lum qildi.
Sobiq soğliqni saqlaş vazirlari Alişer Şodmonov va Abduhakim Hojiboyev davrida bu yirik ehtimoliy korrupsion holatga e’tibor bermay kelingan.
Aslida bepul xizmatlar uçun pul undirilgan bölişi mumkin
Ma’lumot uçun, “Toşkent şahar soğliqni saqlaş tibbiy diagnostika laboratoriyasi” MÇJ 2018 yilda taşkil etilgan. Unga tegişli laboratoriyalar 4 yildan beri Toşkent şahridagi 35 ta oilaviy poliklinika, 9ta tuman tibbiyot birlaşmasi, 6ta tuğuruq kompleksi, şahar endokrinologiya dispanseri, şahar tez tibbiy yordam klinik şifoxonasi, şahar birinçi va uçinçi klinik şifoxonalarida aholiga

















