Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Bandixon tumanidagi maktablardan birida öqituvçi öquvçilardan birini döpposlab tepgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan boş prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Unda yozilişiça, 2022 yil 22 aprel kuni Bandixon tumani Xalq ta’limi bölimiga qaraşli 4-maktabning ingliz tili fani öqituvçisi Şerzod Yusupov 9-sinf öquvçisi dars maşğulotlariga tayyorgarlik körmasdan kelgani uçun uni urib, tepgan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Bandixon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari boşlangan. Tekşiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati rahbari Laylo Rustamovaning Kun.uz’ga xabar berişiça, darsga tayyor bölmagan öquvçini döpposlab tepgan öqituvçi Şerzod Yusupov hamda maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy işlari böyiça örinbosari Soat Ortiqov bilan tuzilgan mehnat şartnomalari bekor qilingan. Maktab direktorini ham lavozimidan ozod qiliş masalasi körib çiqilmoqda.
Avvalroq, hodisa yuzasidan munosabat bildirgan Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati vazirlik öqituvçilarning öquvçilarga nisbatan kuç işlatişini qattiq qoralaşini ma’lum qilgandi.

















