Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xomaşyo birjasi faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga çiqariş tartibi soddalaştirilişi belgilandi. Jumladan:
- 1 iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi taşkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning işlab çiqargan mahsulotini ortiqça hujjatlarsiz sotiş yölga qöyiladi;
- eng yaxşi sotilgan tovarlar keyinçalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylaştiriladi;
- tadbirkorlarning davlat röyxatidan ötişi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga oliş tartibi joriy etiladi;
- mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uçun birja tölovlari 2 baravarga qisqartiriladi;
- soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari böyiça qöşimça örganiş ötkazilmaydi.
Şu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boşlab birja savdolari orqali eksport-import qilişda:
- xorijiy yetkazib beruvçilarga elektron raqamli imzoni majburiy oliş tartibi bekor qilinadi;
- xorijiy kompaniyalar uçun oldindan tölov va birja xizmatlari tölovi bekor qilinadi;
- tadbirkorlarga tölovlarni kafolatlaş bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham ta’minlanadi.

















