Şavkat Mirziyoyev raisligida 17 may kuni ötkazilgan yiğilişda yil yakuniga qadar birjadagi tovar aylanmasini 2 baravarga oşiriş uçun barça zaxiralarni işga soliş zarurligi körsatib ötildi.

Prezident matbuot kotibi xabar qilişiça, suyuq mineral öğitlar, neft koksi, nafta, kaustik soda, suyuq uglerod oksidi va texnik kislorod, metall prokat list va pölat şarlar, barda kabi mahsulotlarni birja orqali sotişni boşlaşga körsatma berilgan. Yiğilişda ayrim turdagi yuqori likvidli tovarlar birjaga qöyilmagani oqibatida ularning narxlarida ösiş kuzatilayotgani ta’kidlangan.

2021 yilgi paxta hosilidan qariyb 1,5 million tonna texnik çigit olingan. Lekin şundan birjaga 939 ming tonnasi yoki 56 foizi çiqarilgan. Birjadan çigit olgan 119 ta yoğ-moy korxonasidan 20 tasi paxta yoğini birja savdolariga umuman qöymagan. Şu bois yuqori likvidli mahsulotlarni birja savdolariga qöyilgani ustidan tizimli nazorat örnatiş vazifasi qöyilgan.

Bunda birjaga qöyiş majburiy bölgan tovarlarni, ayniqsa, texnik çigit va paxta yoğini töğridan-töğri sotgan korxonalarga nisbatan javobgarlik kuçaytiriladi.

Yil yakuniga qadar eksport-import mahsulotlarining birja savdolari hajmini 500 million dollarga olib çiqiş  vazifasi qöyildi.

1 iyuldan boşlab eksport uçun 10 ming tonna mis, 50 ming tonna qora metallar, 15 ming tonna oltin-gugurt, 1 million kvadrat metr quriliş oynasi birjaga qöyiladi.

Şuningdek, Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligiga xorijdagi elçilar va savdo maslahatçilari bilan birga mineral öğit, neft mahsulotlari, kömir, yoğoç kabi mahsulotlar böyiça birja savdolarini boşlaş uçun kamida 100 ta xorijiy yirik işlab çiqaruvçi va ulgurji savdo korxonalarini jalb qiliş topşirildi.

Şu bilan birga, joriy yil 1 iyuldan boşlab birja savdolari orqali eksport-import qilişda:

  • xorijiy yetkazib beruvçilarga elektron raqamli imzoni majburiy oliş tartibi bekor qilinadi; 
  • xorijiy kompaniyalar uçun oldindan tölov va birja xizmatlari tölovi bekor qilinadi;