O‘zbekiston | 11:24 / 18.05.2022
20674
2 daqiqa o‘qiladi

Abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida bir nechta ta’lim shakliga hujjat topshirish imkoni berilishi mumkin

Bu fanlar ketma-ketligi mos kelsa, sirtqi, kunduzgi, kechki yoki masofaviy shakli aralash holda 5 ta yo‘nalishni tanlash mumkin bo‘lishini bildiradi. Hozirga qadar abituriyentlar faqat bir ta’lim shaklini tanlashi mumkin edi.

Foto: Kun.uz

Bu yangilik qabul kvotasiga oid prezident qarori loyihasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, loyihada qabul sanalari ham ko‘rsatilgan: 

  • abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15 iyundan 15 iyulga qadar (15 iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;
  • bunda chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15 iyundan 5 iyulga qadar (5 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Qaror loyihasi bilan O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim uchun kvotalar ajratilmoqda

Mavzuga oid