Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin
Foto: Fotolia
“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani munosabati bilan Iqtisodiy protsessual kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, kodeksga arbitr tushunchasi kiritilib, arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlar, jumladan, arbitrni tayinlash, arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ishlar muhokamasi ko‘rilishi belgilandi.
Arbitrlar, arbitraj tarkibi tomonidan tayinlangan ekspertlar, arbitraj muassasasining xodimlari, hakamlik sudyalari – arbitraj yoki hakamlik muhokamasi davomida o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida guvoh sifatida chaqirilishi va so‘roq qilinishi mumkin emasligi belgilandi.
Endilikda arbitraj sudida ko‘rilayotgan da’voni ta’minlash choralari arbitraj muhokamasi tarafining arizasiga ko‘ra iqtisodiy sud tomonidan ko‘rilishi mumkin.
Qonun bilan arbitraj muhokamasi bilan bog‘liq ishlarni yuritish tartibi belgilandi.
Shuningdek, qonun bilan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, arbitrajning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalardan BHMning 2 baravari (540 000 so‘m) miqdorida davlat boji undiriladi.
Mavzuga oid
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
20:50 / 06.01.2026
“Credit House” ishi bo‘yicha zarar summasi hanuz aniq emas – suddan reportaj
08:49 / 30.12.2025