Prezident “Tibbiyot muassasalari xodimlarini moddiy qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantirişni kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida” farmon imzoladi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Hujjatga köra, 2022 yil 1 iyundan boşlab davlat tibbiyot muassasalari tibbiyot, farmatsevtika va boşqa xodimlarining oylik lavozim maoşlari:

  • oliy va birinçi malaka toifalariga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun – 15 foizga;
  • ikkinçi malaka toifasiga ega va toifaga ega bölmagan, şuningdek, boşqa tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uçun – 10 foizga;
  • tibbiyot muassasalarining boşqa xodimlari uçun – 15 foizga oşiriladi.

Bunda, tibbiyot muassasasi xodimlarining tarif stavkalarini hisoblaş amaldagi mehnatga haq tölaş razryadlari böyiça tarif koeffitsiyentlarini tegişinça 1,15 va 1,1 barobarga köpaytiriş orqali amalga oşiriladi.

Farmonga asosan, soha xodimlariga quyidagiça ustamalar tölanadigan böldi:

  • xodimlarni moddiy rağbatlantirişga ajratilgan mablağlar hisobidan davlat tibbiyot muassasasining yuqori malakali, alohida natijaga erişgan, halol va vijdonan işlayotgan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlariga oylik lavozim maoşining 100 foizigaça hamda boşqa xodimlarga 75 foizigaça oylik ustamalar;
  • yangi iş boşlagan salohiyatli yoş şifokorlarga 1 million sömgaça maxsus oylik ustamalar;
  • oilaviy şifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va köp tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar iş vaqtini soat 20:00 gaça uzaytiriş hisobiga ikkinçi smenada işlovçi şifokor hamda hamşiralarga lavozim maoşining 30 foizigaça oylik qöşimça ustamalar.

Endilikda barça tibbiyot xodimlari Davlat budjeti mablağlari hisobidan dastlabki va davriy tibbiy körikdan bepul ötkaziladi. Tibbiyot xodimlari yilda bir marta teatr va konsert tomoşalariga bepul olib boriladi.

Tibbiyot muassasalarida SSV tomonidan belgilanadigan röyxatga muvofiq yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan şifokor-xirurglar lavozim maoşining 25 foizi miqdorida qöşimça ustama joriy etiladi.

2022 yil 1 sentabrdan boşlab, davolaş-profilaktika muassasalarining xodimlariga ularning tibbiyot sohasidagi ilmni rivojlantirişga qöşayotgan hissasini inobatga olgan holda, Davlat budjeti mablağlari hisobidan fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasi uçun lavozim maoşining 60 foizigaça va fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uçun lavozim maoşining 30 foizigaça miqdorda har oylik qöşimça haq tölanadi.