Tojikistonda «aksilterror operatsiyasi» e’lon qilindi
Tojikiston Ichki ishlar vazirligi kecha uyushgan jinoiy guruh a’zolari mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida bevosita Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan chegara chizig‘ida Dushanbe-Ko‘lma avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygani haqida xabar berdi.
Zakon.kz’ning Tojikiston rasmiy ma’lumotiga tayangan holda yozishicha, jinoyatchilar «xalqaro terrorchilik tashkilotlari ko‘magida mamlakatdan tashqarida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar olgan, shuningdek, terrorchilik hujumlari va boshqa provokatsiya harakatlar uchun xorijiy yollanma askarlarni jalb qilgan».
Magistral yo‘lda harakatlanishni tiklash uchun huquq-tartibot idoralari aksilterror operatsiyasini boshladi.
Ayrim ommaviy axborot vositalarining yozishicha, haqiqatda Rushon tumanida hukumat qo‘shinlari va Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatining Xorug‘ yo‘lini to‘sib qo‘ygan aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lgan. To‘qnashuvlarda bir necha kishi jarohatlangani aytilmoqda.
14 may kuni Xorug‘ shahrida bir necha yuz kishi viloyat rahbari va shahar hokimining iste’fosini talab qilib mitingga chiqqan edi. Rasmiylar iste’fo masalasini ko‘rib chiqishdan bosh tortdi va namoyishchilarning harakatlari terrorizm sifatida baholanishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024
Bolalar ombudsmani yosh bolalar xivchin bilan savalangani aks etgan videoga munosabat bildirdi
12:26 / 15.11.2024