O‘zbekiston | 10:55 / 20.05.2022
6850
1 daqiqa o‘qiladi

Davlat tilini rivojlantirish departamentiga rahbar tayinlandi

O‘zA bosh direktori birinchi o‘rinbosari departament rahbariga aylandi.

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Sobir Sayfiyevich Shukurov Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz’ga bosh vazir matbuot xizmati xodimi Bekzod Hidoyatov xabar bermoqda. 

Sobir Shukurov bunga qadar O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zA bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, u turli yillarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Vazirlar Mahkamasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida turli mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilgan.

Ma’lumot uchun, Davlat tilini rivojlantirish departamentiga 2019 yil noyabridan rahbarlik qilgan Abdug‘affor Qirg‘izboyev 2021 yil noyabrida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining rektori etib tayinlangandi.

 

Mavzuga oid