Prezident Şavkat Mirziyoyevning Iş haqi miqdorini oşiriş töğrisidagi farmoni imzolandi.
«Aholi turmuş darajasini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar kölamini kengaytiriş hamda fuqarolarning daromadlarini izçil oşirib boriş maqsadida 2022 yil 1 iyundan boşlab budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori 12 foizga oşirilsin», deyiladi farmon matnida.
2022 yil 1 iyundan:
- Özbekiston hududida eng kam iş haqi miqdori oyiga 920 ming söm (hozir 822 ming söm);
- bazaviy hisoblaş miqdori — 300 ming söm (hozir 270 ming söm) etib belgilandi.
Budjet taşkilotlari xodimlarining iş haqi miqdori oşirilişi bilan boğliq xarajatlar Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplanişi belgilangan.
Iş beruvçilarga iş haqi miqdorini qonunçilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmagan holda tölaşni ta’minlab, iş haqi miqdorini mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga muvofiq oşiriş tavsiya etilgan.
Bundan avval Özbekistonda tibbiyot xodimlarining oylik maoşi 15 foizgaça oşirilgani xabar qilingandi. Şuningdek, pensiya va nafaqalar 2022 yil 1 maydan 12 foizga oşirilgan. Stipendiyalar esa oşmaydi, farmonda bu haqda keltirilmagan.
Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev telegram kanalida talabalar uçun kontrakt tölovlari narxi oşişi mumkinligini yozgan.
«Qoidaga köra, talabalarning tölov-kontraktlari ham oşişi mumkin, sababi bazaviy kontrakt miqdorlari mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga boğlab qöyilgan. Lekin bu borada xulosaga biroz şoşmagan ma’qul. Sababi köplab OTMlar öz imkonidan kelib çiqib, kontrakt miqdorlarini özi belgilayapti, bundan taşqari ilgari Hukumat tomonidan kontrakt miqdori oşirilişiga taqiq qöyilgan paytlari ham bölgandi. Aniğini OTMlardan aniqlaştiriş kerak», deydi u.
Uning postida 1 iyundan bazaviy hisoblaş miqdoriga boğlangan tölovlar ham oşişi eslatib ötilgan. «Masalan, ma’muriy jarimalar, soliqlar, davlat bojlari va şu kabi boşqa tölovlar. Masalan, ilgari 1 «minimalka» jarima 270 ming söm bölgan bölsa, 1 iyundan 300 ming söm böladi», deya qayd etadi u.

















