Toşkent viloyatida daryo örtasida maşinasi bilan qolib ketgan fuqaro qutqarildi.

FVV xabar qilişiça, Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi Tezkor boşqaruv markaziga Sirdaryo daryosidagi orolçada avtomaşinasi bilan qolib ketgan fuqarodan xabar kelib tuşgan.

Aniqlanişiça, bir fuqaro öz avtomobilida hordiq çiqariş maqsadida Sirdaryo daryosiga borib, daryo sathi past bölgani sababli maşinasida orolçaga ötgan. Oradan bir oz vaqt ötib, suv sathi tösatdan kötarilib ketgani bois daryodan çiqa olmay qolgan.

Voqea joyiga jalb qilingan Çinoz tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi qutqaruvçilari tomonidan maxsus texnika yordamida avtomaşina xavfsiz joyga olib çiqildi.