Bugun, 23 may kuni Xalq deputatlari Uçköprik tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Uçköprik tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berişiça, sessiya işida Farğona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, tuman kengaşi deputatlari, hokim örinbosarlari, sektorlar, boşqarma va taşkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari, jamoatçilik faollari, OAV vakillari iştirok etgan.

Sessiyada söz olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uçköprik tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Akmaljon Mahmudaliyev Navoiy viloyati hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlanganini aytib ötdi.
Viloyat hokimi şu kunga qadar Uçköprik tumani hokimining birinçi örinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği vazifasida işlab kelgan Abrorjon Qambaroviç Asqarov nomzodini tuman hokimi lavozimiga tavsiya qildi.

Tavsiya etilgan nomzod tuman kengaşi deputatlari tomonidan bir ovozdan qöllab-quvvatlandi.
Ma’lumot uçun, Abrorjon Asqarov 1984 yil Buvayda tumanida tuğilgan. Farğona politexnika institutini tamomlagan. 2004 yildan bank-moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2018–2019 yillarda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki Farğona viloyati filiali boşliği, 2019 yildan Uçköprik tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
















