Bugun, 25 may kuni Andijon viloyatida faoliyat yuritayotgan 743 ta umumta’lim maktabida sönggi qönğiroq yangradi. Bu maktablarni 30 ming öquvçi bitirdi.

Barça maktablarda Özbekiston Respublika Prezidentining bitiruvçilarga yöllagan tabrigi öqib eşittirildi.

Qöliga şahodatnoma tekkan andijonlik bitiruvçilardan 2100 nafari a’lo bilimga egaligi bois xalqaro sertifikatlarni qölga kiritgan, ular oliygohga imtiyozli kiriş huquqiga ega. 1191 nafar öquvçilar esa maktabni oltin medalga tamomladi.

E’tiboringizga Andijon şahridagi 13– hamda Oltinköl tumanidagi 1– örta maktablarida bölib ötgan sönggi qönğiroq tadbirlari suratlarini taqdim etamiz.

Elmurod Ermatov,
Azizbek Ismoilov