
Senat axborot xizmati xabariga köra, 2020 va 2021 yillarda hamda 2022 yilning ötgan davrida is gazidan zaharlaniş holatlari oldini oliş maqsadida mamlakatda 8 milliondan ortiq xonadonlarda isitiş tizimlari, dudburonlar körikdan ötkazilgan va boşqa çora-tadbirlar amalga oşirilgan.
Prokuratura organlari tomonidan 105 ta tekşiriş ötkazilgan. Aniqlangan qonunbuziliş holatlari yuzasidan mutasaddi taşkilotlarga 30 dan ortiq taqdimnoma, 25 tadan ziyod ogohlantiruvlar kiritilib, 25 nafar şaxs intizomiy va 4 nafar şaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Senatorlar qayd etişiça, ötkazilayotgan profilaktik tadbirlar yetarli darajada öz samarasini bermagan. Oqibatda 2020 yildan 2022 yilning ötgan davrida is gazidan zaharlaniş bilan boğliq 428 ta holat sodir bölgan. Natijada 366 nafar fuqaro vafot etgan va 307 nafar şaxs turli darajada jarohatlangan.
“Iste’molçilarda tabiiy va suyultirilgan gaz hamda muqobil turdagi yoqilğidan foydalanişda xavfsizlik madaniyatining şakllanmagani, gazda işlovçi qurilmalarning dudburon va şamollatiş kanallari soz holatda emasligi, sifatli tozalanmagani va belgilangan muddatlarda texnik körikdan ötkazilmayotgani is gazidan zaharlaniş holatlari hamon köpligiça qolişiga asosiy sabablaridan biri bölmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Şuningdek, milliy qonunçilikda is gazi çiqişi, uni bartaraf etiş böyiça zarur çora-tadbirlarni köriş, aholini muhofaza qiliş, xususan, zaharlaniş holatlari oldini oliş borasidagi munosabatlarni özida ifoda etuvçi yaxlit normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi ham tarmoqda ijobiy özgariş bölmayotganligiga bir sabab sifatida aytib ötildi.
Amaldagi qonunçilikda is gazidan zaharlaniş holatlari oldini olişga mas’ul bölgan vakolatli davlat organi aniq belgilanmagan. Natijada bu borada amaliyotda tuşunmovçiliklar kelib çiqmoqda.
Ta’kidlanişiça, is gazining çiqişi bilan boğliq holatlar asosan köp kvartirali uylarda yuzaga kelmoqda.
















