— Tölqin aka, dastlab ğalla islohotining eng asosiy jihatlari haqida gapirsangiz. Nega u şu paytgaça keçiktirib kelingan? Fermerlar boşiga solingan qiyinçiliklarni bugun qandaydir şaklda kompensatsiya qiliş haqida ham öylanyaptimi?

— Islohot keçiktirilmagan. Bu borada hukumat harakatlarni 2018-19-yillarda boşlagan edi. Masalan, pandemiyaga qadar biz qolipli non va unning narxini birjaga – erkin savdoga çiqarib, hatto buğdoyning narxini ham erkinlaştirgan edik.

Öşa paytlarda ba’zi fermerlar bizga qönğiroq qilib: “Korxonaga don olib keldim, lekin ular olişdan boş tortişyapti”, degan savollarni ham qöygandi. Nega? Çunki öşa paytda bozor erkinlaştirilib, buğdoyga erkin bozor narxi qöyilgandi. Fermer bunda ğallani davlatga topşiradi va ikki kunda pulini oladi. Bozorda esa uni 10 kun, 1 oy yoki ikki oyda sotadi.

2020 yilda esa bizga pandemiya kirib keldi. Pandemiya ilk kirib kelgan paytda uning iqtisodiyotga, aholining ijtimoiy holatiga olib keladigan zararini baholab bölmasdi.

Masalan, hamma eslaydi, öşa paytlarda köçalarda hattoki maşinalar harakati ham töxtab qolgandi. Bunday paytda aholini un va non bilan ta’minlaş uçun reformani vaqtinça töxtatib turgandik.

Bunda, şuningdek, vaziyatdan kimlardir öz qinğir maqsadlari yölida foydalanmasin, degan maqsadlar ham közlangandi.

Bu çora pandemiya boşida – 3-4 oy davomida öz samarasini berdi. Ammo karantin qoidalari yumşatilar ekan, uning samarasi ham tuşib boşladi. Çunki bu bozor va uni töla boşqarolmaysiz.

Vaqt va bozor körsatyaptiki, biz çeklovlar bilan bir tomondan fermerning daromadini kamaytirib, uni qiyin ahvolga tuşirib qöyyapmiz. Ikkinçi tomondan esa aholiga non va un mahsulotlari baribir davlat öylagan narxda yetib bormayapti.

Heç kimga sir emas, xalq tilida “buxanka” deyiladigan qolipli nonni Toşkent şahridan taşqarida, masalan, Çinoz yoki Yangiyölda 1 ming 600 sömdan topolmaysiz. Bu non viloyatlarda haqiqiy bozor narxida sotilyapti.

Şu ma’noda, bu islohotning töxtab turişiga ma’lum ma’noda pandemiya sabab böldi.