2022 yildan boşlab xarid çekini bermaganlik huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga mukofot puli beriş va xarid summasidan bir foiz keşbek xaridorga qaytarilişi tizimi yölga qöyilgandi. Buning ortida xaridor va tadbirkorlar örtasida köplab noxuş voqealar röy bera boşladi. Davlat soliq qömitasi bu mojarolar ortidan bir qator yangiliklarni e’lon qildi.

Qömitaga köra, çek bermaganlik yuzasidan yil boşidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan.

Tahlillar natijasida kelib tuşgan 30 mingga yaqin – murojaatlarning qariyb yarmi böyiça tekşiriş ötkaziş rad etilgan. Qolgan 33 ming murojaat böyiça 97 foiz holatda çek urilmagani tasdiğini topgan.

DSQga köra, joriy yil 1 iyundan boşlab quyidagiça yangi qoidalar kiritiladi.

Birinçidan, “Soliq” mobil ilovasi orqali mulkçilik şaklidan qat’i nazar, birinçi marotaba kelib tuşgan murojaat böyiça soliq tölovçi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat ötkazilib, tadbirkorlik sub’yektining qonun talablarida iş yuritişi töğrisida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan ta’sirçan moliyaviy jazo çoralari körilmaydi.

Mazkur ogohlantirişdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilişlari davom ettirilib, uşbu tadbirkorlik sub’yekti böyiça ikkinçi marotaba murojaat kelib tuşsa, belgilangan tartibda örganiş ötkaziladi va natijasi böyiça soliq tekşiruvi taşkil etiladi.

Ikkinçidan, murojaat böyiça sayyor soliq tekşiruvi ötkazilayotgan yoki ötkazilgan tekşiruv natijasi böyiça qaror qabul qiliş jarayonida uşbu sub’yekt böyiça takroriy tuşgan murojaatlar körib çiqilmaydi.

Uçinçidan, bir fuqaro tomonidan 24 soat içida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta şoxobça böyiça 1 martadan köp murojaat yuborilişiga çeklov örnatiladi.

Törtinçidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar töğrisidagi murojaatlari, mukofot tölanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qömitasi uşbu özgartirişlarni inobatga olgan holda, çek talab qilib, yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşişda faol iştirok etayotgan fuqarolarni rağbatlantirişni va noqonuniy işlaş yölini tanlagan ayrim subektlarga nisbatan ta’sirçan nazorat tadbirlari izçil davom ettirişini ma’lum qilgan.