Ukraina AQŞdan uzoqqa otuvçi raketa tizimlari olmoqda: ular nimani özgartirişi mumkin?
|03:26 / 03.06.202240 92817 min
AQŞ Ukrainaga HIMARS baravar öt oçuvçi raketa tizimlarini yuboradi, ammo Rossiya hududiga öt oçmaslik şarti bilan.
AQŞ Ukrainaga HIMARS baravar öt oçuvçi raketa tizimlarini yuboradigan böldi, bu aniqlik va uzoq masofaga zarba beriş borasida Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainada qöllanayotgan texnikalarning köp qismidan ustunlik qiladi. Ammo Bayden ma’muriyati Ukraina qurolli kuçlari bu tizimlarni Rossiya hududidagi nişonlarga nisbatan qöllamasligini xohlamoqda.
HIMARS baravar öt oçiş tizimi uçun standart öq-dori töplami oltita reaktiv snaryad yoki bitta operativ-taktik raketadan iborat bölişi mumkin
Ukraina ançadan buyon bunday tizimlarni sörab kelayotgandi
Ukraina hukumati va harbiy ekspertlar Amerikaning baravar öt oçiş tizimlari Kiyevga yetkazib berilişi Donbassda ukrain armiyasi Rossiya kuçlariga qarşi olib borayotgan uruşda buriliş yasaşi mumkin deb hisoblaydi.
Frontdagi sönggi özgarişlarga köra, Rossiya sekinlik bilan bölsa-da, Donetsk va Lugansk oblastlaridagi yangi hududlarni egallab kelmoqda, bu aynan oğir texnika va artilleriya tizimlari borasidagi ustunlik evaziga bölmoqda. Ukraina hukumatidagilar fikriça, vaziyatni mamlakat qurolli kuçlari Rossiyaning front ortidagi va oldingi çiziqdagi pozitsiyalariga yoppasiga zarba beriş imkoniyatiga ega bölişi özgartirişi mumkin.
Buning uçun ukrainlar AQŞdan M142 HIMARS va M270 MLRS tizimlarini sörab keladi. Bu qurollar Kiyev Ğarb davlatlari yetkazib berişini istagan qurollar röyxati boşida turadi. 21 may kuni, «Ramştayn-2» kontakt guruhi a’zolarining mudofaa vazirlari iştirokidagi onlayn muzokaralar arafasida çiqiş qilgan Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham şu haqda gapirgandi.
«Menda heç qanday sir yöq. Biz barça davlatlarga MLRS tizimlari yetkazib berişni sörab murojaat qilganmiz, ular yordamida Ukraina taşabbusni qölga olişi va öz hududlarini ozod qila boşlaşi mumkin», degandi u. Ammo 40 dan ortiq mamlakat vazirlari iştirokidagi öşa uçraşuvda bunday tizimlarni yetkazib beriş böyiça qaror qabul qilinmagandi.
Amerika ma’muriyati bunday qurollarni yetkazib berişga ikkilanayotgani haqida 18 may kuni Politico naşri yozib çiqqandi. Naşrning AQŞ prezidenti ma’muriyatidagi anonim manbasi Vaşington Kiyevga kam miqdorda şunday qudratli tizimlarni berişdan köra, ularga köp miqdorda M777 gaubitsalari va ular uçun snaryadlar yetkazib berişni ma’qul körayotganini aytgandi.
Ammo 27 may kuni Reuters manbasi amerikaliklar bunday kuçli qurollarga ega bölgan ukrainlar Rossiya hududiga zarba berişni boşlaşini istamasligi, şu bilan birga Ukrainaga şart qöymoqçi emasligini aytib çiqdi.
Mavzuga oid
Sönggi hafta davomida Amerika matbuoti Vaşington bu borada yakuniy qarorga yaqinlaşayotgani haqida yozib keldi.
30 may kuni prezident Jo Bayden jurnalistlardan birining savoliga javob beriş asnosida AQŞ hukumati snaryadlari Rossiya hududiga borib yetişi mumkin bölgan baravar öt oçiş reaktiv tizimlarini yetkazib bermasligini aytdi.
Vaşington vaqti bilan 31 may kuni keçqurun esa Bayden New York Times naşridagi kolonkasida e’lon qilgan maqolasida avvalroq AQŞ Ukrainaga «Rossiyagaça yetib bora oladigan» raketalarni bermasligi haqida aytgan sözlarini izohladi. Baydenning yozişiça, uning qarori bilan Ukraina qurolli kuçlariga «Ukrainadagi jang maydonidagi muhim nişonlarga aniqroq zarba berişga imkon beruvçi nisbatan yuqori texnologik raketa tizimlari» beriladi.
Bayden yana nimalar dedi?
Baydenning kolonkasidan boşqa muhim gaplar:
«AQŞning maqsadi oddiy. Biz demokratik, mustaqil, suveren va farovon, kelgusidagi tajovuzlardan ham özini himoya qila oladigan Ukrainani körişni istaymiz. [...] Şuning uçun men ukrainlarga nisbatan takomillaşgan, jang maydonidagi muhim nişonlarga aniqroq zarba bera oluvçi raketa tizimlari yetkazib berişimiz böyiça qaror qabul qildim».
«Uşbu inqiroz davomida mening prinsip Ukraina böyiça Ukrainaning özi iştirokisiz qaror qabul qilmaslik bölmoqda. Men ukrain hukumatiga oçiqçasiga ham, yopiq muzokaralarda ham, hududiy yon berişga undaş böyiça heç qanday bosim ötkazmayman».
«Men bilamanki, dunyoda köpçilik yadro quroli qöllanişi ehtimolidan xavotir olmoqda. Vaqti-vaqti bilan yadro tayoqçasini kötarib turişning özi xavfli va mutlaqo mas’uliyatsizlik bölsa-da, hozirda biz Rossiya uni Ukrainada qöllaşi mumkinligi belgilarini körmayapmiz. Men aniq qilib aytmoqçiman: yadro qurolining har qanaqasiga qöllanişi biz uçun ham, dunyoning qolgan qismi ham mutlaqo qabul qilib bölmaydigan va oğir oqibatlarga olib keluvçi harakatdir».
«Biz NATO va Rossiya örtasida uruş çiqişini istamaymiz. Men janob Putinning fikrlariga qançalik qöşilmasam va uning harakatlari menga qançalik yovvoyilik bölib tuyulmasin, AQŞ Moskvadagi rejim ağdarilişiga erişmoqçi emas. AQŞ yoki uning ittifoqçilari hujumga uçramas ekan, biz bu mojaroda töğridan töğri iştirok etmaymiz, amerikalik askarlarni Ukrainaga jang qiliş uçun yubormaymiz, rossiyalik kuçlarga hujum qilmaymiz».
«Vladimir Putin bizdan bu darajadagi birdamlikni kutmagandi. U xatoga yöl qöydi. Agar u keyingi oylarda biz pozitsiyamizni özgartirişimiz yoki bizning saflarimizda böliniş röy berişini kutayotgan bölsa - u yana xato qilmoqda».
Sovetlar artilleriyasiga qarşi
Prezident kolonkasidan keyin jahondagi yetakçi naşrlarga izoh bera boşlagan AQŞ hukumatidagi anonim manbalar Ukrainaga örta masofaga harakatlanuvçi raketalar örnatilgan kam sonli maşinalar berilişi haqida aytişdi.
Gap 70 km masofadagi nişonga yeta oluvçi snaryadlarga ega bölgan HIMARS baravar öt oçuvçi raketa tizimlari haqida ketmoqda. Taxmin qilinişiça, bunday maşinalar GMLRS raketalari bilan ta’minlanadi. «Frans press» manbasi bu raketaning zarba beriş masofasi 80 kilometrgaça yetişini aytgan.
1 iyun kuni Vaşingtonda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg bilan uçraşuvdan keyin ötkazilgan matbuot anjumanida AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken Kiyevdan kafolat olingani: qurol Rossiya hududidagi nişonlarga zarba beriş uçun qöllanmasligini ma’lum qildi.
HIMARS tizimlari, AQŞ hukumati hisoblaşiça, Ukraina qurolli kuçlariga rossiyaliklar artilleriyasini nişonga olişda qöl keladi, şahar şaroitida, masalan, Severodonetskda, raketalarni jonli kuçlarga aniq zarba berişda ham qöllaş mumkin.
HIMARS raketa tizimlari Ukrainaga 700 mln dollarlik yordam paketining bir qismi hisoblanadi. Sönggi ma’lumotlarga köra, AQŞning Ukraina uçun navbatdagi harbiy yordam paketi Mi-17 rusumli tört vertolyot va törtta HIMARS baravar öt oçiş tizimlarini öz içiga oladi. Bundan taşqari, Ukrainaga ming dona Javelin tankka qarşi raketa majmualari, boşqa turdagi 6 ming dona tankka qarşi qurollar, 155 mm kalibrli 15 ming dona snaryadlar yetkazib beriladi.
M270 MLRS va M142 HIMARS baravar öt oçiş tizimlari - yaqin «qarindoşlar» hisoblanadi. Ular, avvalo şassisi bilan farqlanadi. MLRS’da ikkita uçiriş konteyneri gusenitsali şassiga örnatilgan, HIMARS’da esa bunday blok bitta va u olti ğildirakli yuk maşinasida joylaşgan.
MLRS ötgan asrning 70-yillarida işlab çiqilgan, 1983 yildan armiyada qöllana boşlangan, ötgan vaqt mobaynida bir neça bor modernizatsiya qilingan. HIMARS 1990-yillar oxirida paydo bölgan va raketa uçiriş qurilmalarining nisbatan mobil va yengil versiyasi hisoblanadi.
Avvaliga bu jangovar tizimlar muhim nişonlarga maksimal darajada qisqa vaqt içida kuçli zarba beriş uçun yaratilgandi. Bunday baravar öt oçiş tizimlarining vazifalaridan biri - batareyalarga qarşi kuraş hisoblanadi, bunda aniqlik, mobillik va harakatlaniş masofasi muhimdir.
Uzoqqa uçuvçi raketalar
MLRS’ni işlab çiqişda sovetlarning «Grad» tizimlari va stvolli artilleriyalarining xususiyatlari hisobga olingan.
MLRS xuddi HIMARS kabi snaryadlarning uç turidan foydalanişi mumkin. Birinçisi - maksimal masofasi 32 kilometrga teng bölgan M26 raketasi, uning modifikatsiyasi M26A1 esa 45 kilometrgaça yetib bora oladi. Uçiriş konteyneriga oltita şunday raketa joylaşişi mumkin.
Ikkinçi snaryad - uçiş masofasi 70 kilometrga yetuvçi GMLRS boşqariluvçi raketa. Nihoyat, olti raketali konteynerga bloklardan biriga bitta ATACMS taktik raketasini örnatiş mumkin, uning yetib boriş masofasi 300 kilometrni taşkil etadi. Bu sönggi tipdagi snaryad bölib, Ukrainaga bunaqasi yetkazib berilmaydi.
HIMARS olti ğildirakli yuk maşinasida tezda yaşiringan joyidan öq otiş pozitsiyasiga yetib kelişi va raketalarni uçirib, qayta öqlaş uçun ortga qaytişi mumkin. Bunday holatda raqibda uning joylaşuvini aniqlaş va nişonni belgilab, javob zarbasini beriş uçun yetarli vaqt bölmaydi.
MLRS’ni qayta öqlaş uçun ham juda kam vaqt talab etiladi. Foto: AFP
Baravar öt oçiş tizimlarini janglarda qöllaşni boşlaşga ikki hafta ketadi - bu muddat içida ukrain artilleriyaçilari ulardan foydalanişni örganişi kerak.
Amerikaning HIMARS tizimlari allaqaçon Yevropa mamlakatlarida qöllanadi, xususan, bunday tizimlar Polşa va Ruminiya armiyalari ixtiyorida mavjud.
Ukrainaning özida nimalar bor?
Ukraina qurolli kuçlarida sovetlar davriga mansub va ukrainlarning özi tomonidan işlab çiqarilgan raketa uçiriş qurilmalaridan qança qolgani aniq ma’lum emas. Şuningdek, bu tizimlar uçun qança raketa borligi ham noma’lum. Harbiy harakatlar vaqtida öq-dorilar sarflanişi hajmi juda yuqori, işlab çiqariş esa qiyinlaşadi.
Military Balance ma’lumotlariga köra, Ukraina qurolli kuçlarida 2021 yilda 200 ga yaqin «Grad» tizimlari bölgan. Uruş boşlangaç, Ukrainaga Çexiya va Polşa tomonidan yana önlab tizimlar yetkazib berildi. Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlarida ukrainlar tomonidan sovet qurollari asosida işlab çiqilgan «Verba» tizimlari ham bor.
Frontning ikki tomonidagilar ham asosan BM-21 «Grad» tizimlaridan foydalanmoqda
Foto: AFP
«Grad» - ança eskirgan tizim, uning asosiy snaryadlari 20 kilometrgaça boradi. Şu bilan birga, u orqali 40 kilometrgaça uçuvçi zamonaviy raketalarni ham uçiriş mumkin, ammo Ukraina armiyasida bunday raketalar qança borligi ma’lum emas. Hozirda frontning ikki tomonida ham asosan «Grad»dan keng foydalanilmoqda.
Ukrainada nisbatan oğir va uzoq masofaga otuvçi uçiriş qurilmalari ham mavjud, ammo Rossiya armiyasi kabi Ukraina tomoni ham ulardan kam foydalanadi.
Ular orasida - 35 kilometrgaça zarba beruvçi 70 «Uragan» tizimlari bor. Yanada oğirroq qurollar ham bor - sovetlar davrida işlab çiqarilgan «Smerç» va uning ukrainça versiyasi «Olxa», ammo ularning soni 160 dona atrofida. Bunday tizimning öq otiş masofasi 120 kilometrgaça yetadi va bu ham qisqa muddat içida 12 ta raketa uçirişga qodir bölgan mobil tizim hisoblanadi.
Nihoyat, Ukraina qurolli kuçlari harakatlaniş masofasi 120 kilometrgaça çiquvçi «Toçka U» operativ-taktik raketalaridan foydalanadi.
Rossiya raketalari
Rossiya raketa uçiriş moslamalari soni böyiça Ukrainadan ustun, ammo ulardagi qurollarning aksarini «Grad» tizimining turli variantlari taşkil etadi. Military Balance ma’lumotiga köra, 2021 yilda Rossiya armiyasida bunday maşinalarning turli avlodlariga mansub (eski BM-21 ham, modernizatsiya qilingan «Tornado» ham) 900 dan ortiği bor edi.
Rossiyada uruşgaça nisbatan uzoq masofaga otuvçi «Uragan»lardan 200 dan ortiq, «Smerç»lardan esa 120 dona atrofida bölgan.
Rossiya ham harbiy harakatlarda Ukraina kabi «Toçka U» raketalarini, şuningdek nisbatan uzoqroq masofaga harakatlanuvçi «Iskander»larni qöllamoqda.
Nihoyat, ularda «Solnsepek» öt oçiş tizimlari mavjud, bu köproq şturmçi raketa tanklariga öxşaydi. Ularning maksimal öt oçiş masofasi atigi 4,5 kilometrni taşkil etadi, lekin işlab çiqaruvçilarning işontirişiça, yangi raketalar bilan ular 10 kilometrgaça zarba berişi mumkin böladi.
Artilleriyalar uruşi
Donbassdagi yurişlarda Rossiya son borasidagi ustunligi evaziga artilleriyadan juda keng foydalanmoqda. Yana bir muhim jihati, Rossiya öq-dori zaxiralariga ega.
Şu bilan birga, rossiyalik artilleriyaçilarda aloq tizimlari, razvedka ma’lumotlari, dronlar yordamida nişonlarni belgilab beriş va yönaltiriş böyiça muammolar bor.
Köplab ekspertlarning qayd etişiça, rossiyalik harbiylar köp hollarda «maydon böylab» öt oçişadi, piyodalar şturm uyuştirişi közlangan ma’lum bir hududga juda köp raketa uçirişadi.
Ikki armiyada ham hozirda qançadan raketa uçiriş qurilmalari qolganini aniq aytiş qiyin. Foto: Getty Images
Ukraina qurolli kuçlari amal qiladigan taktika esa - razvedka orqali yaxşi örganilgan nişonlarga aniq zarba berişga asoslanadi. Ukrain harbiylari artilleriya uçun nişonlarni belgilab beriş va zarbalarni yönaltiriş uçun dronlar yordamidan keng foydalanadi.
Şu tufayli, ularga «olov devori»ni örnatişdan köra, kam sonli bölsa-da, muayyan obektlarga aniq zarbalar berişda qöl keladigan Amerika raketa tizimlari zarur.
Bundan taşqari, Amerika uçiriş qurilmalarini oliş orqali ular bu qurilmalar uçun köp miqdorda öq-doriga ham ega bölişadi. AQŞ va uning ittifoqçilariga ham qayerlardandir «Uragan» va «Smerç»lar uçun snaryadlar topişga urinişdan köra Kiyevga öz raketa tizimlarini yetkazib beriş qulayroq.
Tahlil: Baravar öt oçiş tizimlari «kumuş öq» vazifasini bajara oladimi?
Ukrainada ham, Ğabda ham köpçilik bunday baravar öt oçiş tizimlari Ukrainaga qandaydir sezilarli ustunlik taqdim etib, Rossiyaning artilleriya tizimlarining son borasidagi ustunligini yöqqa çiqarişi, bir söz bilan aytganda, uruşning borişini özgartirişini aytib keladi. Ammo aslida bunday emas.
Masala bunday tizimlar sifatida emas, balki sonida va ukrain harbiylari ulardan foydalanişni qança tez fursatda özlaştira olişidadir.
Ukraina qurolli kuçlari artilleriya zarbalari aniqligi, aloqalar yaxşi yölga qöyilişi, öt oçişni boşqariş tizimi va nişonlarni razvedka qilişga tayanadi. Bunday tizimda HIMARS samarali vositaga aylanişi mumkin.
Köplab ekspertlar fikriça, artilleriya qurilmalari soni böyiça katta ustunlikka ega bölgan Rossiya harbiylari ayrim hollarda yomon tayyorgarlik körilganini körsatib qöymoqda, ammo son borasidagi ustunlik gaubitsalar va raketa qurilmalaridagi nuqsonlarni yopişga xizmat qilmoqda . Şu bilan birga, RF qurolli kuçlari ixtiyorida «Uragan» va «Smerç» kabi baravar öt oçiş tizimlari ham mavjud.
Artilleriyada tenglikka erişiş uçun Ukraina köproq reaktiv tizimlari olişi kerak. Şu bilan birga, tizimlar imkon qadar tezroq yetkazib berilişi kerak, çunki ulardan foydalanişni örganiş uçun ham ma’lum vaqt ketadi. Ukrainaga avvaliga köproq tizimlar, keyingi örinda esa sifatlilari kerak böladi.
GMLRS raketalari ATACMS taktik raketalaridan masofa va kallak qismi böyiça ham jiddiy ortda qoladi, ammo uning 70 kilometrlik masofa körsatkiçi ham Rossiyaning köplab artilleriya tizimlarinikidan yaxşiroq. Bu raketalar bilan front orti hududidagi köpriklarga, ştablarga, aloqa uzellariga, havo hujumidan mudofaa tizimlariga, harbiy bölinmalarga, artilleriya batareyalari va boşqa turli nişonlarga zarbalar beriş mumkin.
Bundan taşqari, Ğarbdagi baravar öt oçiş tizimlarining yana bir ustunligi şundaki, AQŞ ular uçun öq-dorilar ham yetkazib beradi, Ukraina ixtiyoridagi sovetlar davriga mansub «Uragan» yoki «Smerç» kabi eski tizimlar uçun raketalar esa tez orada tugaydi.