«Yangi O‘zbekiston» universitetining iqtidorli talabalariga davlat granti beriladi
Xorijiy OTMda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan Prezident maktablari bitiruvchilariga esa subsidiya beriladi.

Foto: Shutterstock
Hukumat qarori bilan “Yangi O‘zbekiston” universitetining iqtidorli talabalariga davlat grantini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, davlat granti “Yangi O‘zbekiston” universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tahsil oladigan talabgorlar uchun ajratiladi.
Davlat granti quyidagilarga taqdim etiladi:
- xalqaro darajadagi tegishli dasturlar (International Baccalaureate, Advanced Placement, International Advanced Levels) diplomi yoki sertifikatiga ega Prezident maktablari bitiruvchilariga;
- Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun ajratiladigan qabul parametrlariga muvofiq kirish imtihonlari asosida ushbu maktablar bitiruvchilariga;
- universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan Xalqaro matematika olimpiadasi (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) g‘oliblariga;
- universitetga kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan O‘zbekiston fuqarolariga;
- universitetga kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlariga.
Davlat grantini olgan talabalar universitetni tamomlagach Prezident ta’lim muassasalari agentligi yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi.
O‘zbekistondagi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan Prezident maktablari bitiruvchilariga subsidiya berish tartibi belgilandi.
Bunda Prezident maktablari bitiruvchilariga to‘lov-kontrakt summasining bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha qismi qoplab beriladi. Talabgorlar o‘quv yilining 15 dekabrigacha Prezident ta’lim muassasalari agentligiga ariza bilan murojaat qiladi (o‘qishga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma va to‘lov-kontrakt shartnomasi ilova qilinadi).
Subsidiya olgan talabalar universitetni tamomlagach agentlik yo‘llanmasiga asosan egallagan mutaxassisligi bo‘yicha respublikadagi tashkilotlarda 5 yilgacha ishlab berish majburiyatini oladi. Magistratura yoki doktoranturada o‘qish davom ettirilgan taqdirda, ushbu muddat magistratura yoki doktoranturada o‘qish davri tugagandan so‘ng boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘oyib bo‘lgan Belarus muxolifat spikeri maxsus xizmatlar bilan aloqada gumonlanyapti
Jahon | 12:14
-
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi
O‘zbekiston | 12:02
-
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
O‘zbekiston | 11:58
-
Tramp AQSh yadroviy energetikasini kengaytirish bo‘yicha farmonlarni imzoladi
Jahon | 11:54
Mavzuga oid

09:56 / 18.05.2025
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

23:10 / 10.04.2025