Bu haqda Respublika maxsus komissiyasi qarori qabul qilingan, deya Kun.uz'ga ma’lum qildi hukumat matbuot xizmati.
Bungacha yo‘lovchilardan PZR va ekspress-antigen test topshirish, emlanganlik sertifikati yoki pasportiga ega bo‘lish talab etilar edi.
Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yaxshilanishi ortidan eng so‘nggi cheklovlar ham bekor qilinmoqda. 1 martdan boshlab O‘zbekistonda fuqarolarga ochiq havoda niqob taqmaslikka rasman ruxsat berilgandi.
14 iyundan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yo‘lovchi poyezdlari qatnovi tiklanmoqda. 1 iyundan Turkmaniston o‘z hududini O‘zbekiston yuk mashinalari tranziti uchun ochdi.











