Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda mahalla raislari saylovi yakunlari e’lon qilindi
Foto: Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati
Saylovda 1580 nafar nomzod ko‘rsatilgan, ularning 526 nafari raislikka saylangan. Oliy ma’lumotli mutaxassislar 99 foizni tashkil qilgan.
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov yangi saylangan mahalla fuqarolari yig‘ini raislari bilan uchrashdi.
Qayd qilinishicha, may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda viloyat bo‘yicha mahalla fuqarolar yig‘inlari raisligiga 1580 nafar nomzod ko‘rsatilib, ularning 526 nafari saylangan. Yangi saylangan mahalla raislarining 99 foizi oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi.
Farhod Ermanov mahallabay ishlash tizimining mohiyati, bunda fuqarolar yig‘ini raisining tutgan o‘rni va mas’uliyati haqida gapirdi. O‘tgan davrda fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida 147 ta mahalla idorasi yangidan qurilgani, 134 tasi rekonstruksiya qilinganini ta’kidladi. Joriy yilda 79 ta mahalla yangi binoga ega bo‘ladi, shuningdek, 13 ta tuman va shaharda «Mahalla markazi» majmuasi barpo etiladi.
Eng yaxshi natijalarga erishgan mahalla raislarini rag‘batlantirib borish maqsadida har chorak yakuni bo‘yicha pul mukofotlari, yil yakuni bo‘yicha esa eng namunali raisga xizmat avtomashinasi ajratiladi.
Mavzuga oid
17:04 / 30.11.2025
Muxolifatchilar hibsga olinishi va energetika inqirozi. Qirg‘izistonda navbatdan tashqari parlament saylovlari qanday sharoitda o‘tmoqda?
09:53 / 28.11.2025
Yuridik universitetda fakultet dekanlari saylov asosida 2 yilga tayinlanadi
13:33 / 27.11.2025
Xorazmda tibbiyot birlashmalari 160 ming iste’molchidan asossiz mablag‘ olgani aniqlandi
10:46 / 24.11.2025