Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan amaldagi 20 dan ziyod qonun, jumladan 4 ta kodeksga özgartiş va qöşimçalar kiritildi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, Yer kodeksiga kiritilgan özgartişlarga köra, hokimliklarning qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarni ijaraga beriş böyiça oçiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlaş vakolati çiqarib taşlandi.
Yer uçastkalariga bölgan huquqlar davlat röyxatiga olinganligi töğrisida Köçmas mulk obektlariga bölgan huquqlarning davlat reyestridan elektron köçirma beriladi (ilgari guvohnoma).
Yer uçastkasidan belgilanganidan boşqa maqsadlarda foydalanilganida Davlat soliq qömitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari yer egasini yoki yerdan foydalanuvçini oldindan xabardor qilgandan keyin yer uçastkasiga bölgan huquqni bekor qiliş haqida sudga da’vo arizasi kiritişi belgilandi.
Böş turgan, qişloq xöjaligiga möljallangan yer uçastkalari fermer xöjaligini yuritiş uçun oçiq elektron tanlov orqali beriladi (ilgari oçiq tanlov asosida).
Dehqon xöjaligini yuritiş uçun fuqarolarga yer uçastkalarini beriş tartibi fuqarolarga yakka tartibdagi boğdorçilik, polizçilik va çorvaçilik uçun yer uçastkalarini ajratişga nisbatan ham tatbiq etiladi.
“Nogironligi bölgan şaxslarning huquqlari töğrisida”gi qonunga kiritilgan özgartirişlarga köra, nogironligi bölgan şaxslarning va öz tarkibida nogironligi bölgan şaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uçastkalarini sotib oliş bilan boğliq xarajatlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi.

















