Nişonda adaşgan daydi öq. Milliy gvardiya “snayperi” fuqaroni otib qöygan
|00:01 / 08.06.202265 6108 min
Toşkent tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan gaz ta’minot bölimi xodimiga daydi öq kelib tegadi. Ekspertiza jangovar öq Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetining öquv maşğulotlarini ötkazayotgan kursantlari tomonidan “SVD” merganlik qurolidan otilganini tasdiqladi. Jinoyat alomatlari yöq degan vaj bilan işni tugatgan harbiy prokuratura Kun.uz suriştiruvi davrida uni qayta körişni boşladi.
2022 yil 15 mart kuni Toşkent tuman gaz ta’minot bölimi xodimi Davron Nosirov tumandagi Bunyodkor mahallasida fuqaroning uyiga xizmat körsatiş uçun borgan. U gaz hisoblagiçga plomba örnatayotgan vaqtda beliga öq kelib tekkan.
Jabrlanuvçi darhol Toşkent tibbiyot akademiyasi şoşilinç jarrohlik bölimiga olib kelinadi. Lekin 16 martga qadar ham şifokorlar uning tanasidagi öqni olişolmagan. Şundan söng bemor Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy gospitaliga olib kelinadi. U yerda bemor tanasidan öq olib taşlanadi.
Bemor tanasidan olingan metall jism
Tayinlangan sud-ballistik ekspertiza xulosasiga köra, Davron Nosirovning tanasidan olingan metall jism (öq) Dragunov merganlik quroli (SVD)ning 7,62 kalibrli öq qismi bölib çiqadi. Ma’lum bölişiça, undan 15 mart kuni Davron Nosirov xizmat körsatayotgan mahalla yaqinida joylaşgan Jamoat xavfsizligi universitetining öquv maşğulotlari jarayonida foydalanilgan. Bu haqda prokuratura tomonidan jabrlanuvçi işlaydigan Toşkent tuman gaz ta’minot bölimi va u sirtqi ta’limda öqiydigan Milliy universitet rahbariyatiga yuborilgan ma’lumotnomada aytiladi.
Foto: Getty Images
7,62 mm kalibrli Dragunov merganlik miltiği – 1957-1963 yillarda Yevgeniy Dragunov boşçiligidagi konstruktorlar guruhi tomonidan işlab çiqilgan. 1963 yildan boşlab SSSR armiyasida foydalaniş boşlangan. Hozirgaça MDH davlatlari, Yaqin Şarq, Hindiston va Xitoy kabi yirik davlatlar armiyasidagi asosiy merganlik qurollari sirasiga kiradi.
Yakka jonli nişonlarni yöq qilişga möljallangan qurol optik nişonga oliş qurilmasi bilan 1300 metrgaça, oçiq nişonga oliş orqali 1200 metrgaça möljalga oladi.
Samarali otiş masofasi – 800 metr, nişonlarni samarali yöq qila olişi mumkin bölgan masofa – 3800 metr.
Qurolning oğirligi 4,3 kg, uzunligi 1220 mm, patron siğimi 10 dona öq.
Ma’lum qilinişiça, hodisadan ikki hafta ötib, 2022 yil 29 mart kuni holat yuzasidan Toşkent harbiy prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 297-moddasi (Atrofdagilar uçun katta xavf manbayi bölgan qurol-yaroğ, şuningdek modda va buyumlar bilan muomalada böliş qoidalarini buziş) 1-qismi bilan jinoiy iş qözğatiladi. Nosirovning aytişiça, tergovçi unga 2,3 km uzoqlikdan daydi öq kelib tekkanini aytgan.
Mavzuga oid
Xaritada Nosirov yaralangan joy va Milliy gvardiyaga qaraşli ta’lim muassasasi örtasidagi töğridan töğri masofa 2 kmga yaqin ekanini köriş mumkin.
“Dastlabki ekspertiza xulosasida yengil jarohat deb yozib berişgan ekan, lekin ança vaqtgaça oğriq qolmadi. Bir oyoğimdagi oğriq ikkinçisiga ham öta boşladi. Keyin markaziy harbiy gospitalda yana ekspertiza qilişga töğri keldi”, – deydi Nosirov.
Qurolli Kuçlar Markaziy Sud-tibbiy ekspertiza markazi tomonidan ötkazilgan keyingi tekşiruvda mutaxassislar öqotar qurol ta’sirida Davronbek Nosirovning ötirğiç nervi zararlanganini, öqning mexanik va kontuzion ta’siri ostida jarohatlar va uning asoratlari yuzaga kelganini tasdiqlaydi.
Şuningdek, bu jarohatlar, keyinçalik qoldiq asoratlar keçmasa, fuqaroni 10 foizdan 33 foizgaça bölgan mehnat qobiliyatini turğun yöqotişiga olib keladigan örtaça oğirlikdagi tan-jarohati sifatida baholanadi.
Ekspertiza xulosasi
Oradan bir hafta ötib, 24 may kuni Toşkent harbiy prokuraturasi iş doirasida, Jamoat xavfsizligi universitetida ötkazilgan maşğulotlarga mas’ul mansabdor-ofitserlar harakatida JKning 207-moddasida (Mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) hamda 2-kursantlar bataloni 4-vzvod 242-öquv guruhining bir neçta kursantlari harakatida JK 297-moddasida sodir etilgan jinoyat tarkibi mavjud emas deb topadi.
Jinoiy iş JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatiladi.
Toşkent harbiy prokuraturasi xabarnomasi
Qurolli Kuçlar Markaziy Sud-tibbiy ekspertizasining yuqoridagi xulosasida fuqaro Davron Nosirovga tekkan öq aynan Jinoyat kodeksining 297-moddasida nazarda tutilgan atrofdagilar uçun katta xavf manbayi bölgan qurol-yaroğ, şuningdek, öq-dori bilan muomalada böliş qoidalari buzilişi natijasida badanga örtaça oğir şikast yetkazilganini tasdiqlangan edi.
Şuningdek, tergov xulosasida öqotar quroldan jarohatlangan fuqaroga salomatligini tiklaş uçun sarflangan moddiy xarajatlar va ma’naviy zararni undiriş uçun fuqarolik sudiga murojaat qilişi mumkinligi aytiladi.
Ayni vaqtda ham Toşkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolanayotgan jabrlanuvçi iş yopib yuborilganidan hamda soğliğini tiklaş uçun tinimsiz sarflanayotgan moddiy zararlar qoplanmayotganidan norozi ekanini aytmoqda.
“Oilamda yolğiz boquvçiman, lekin 2,5 oydan beri deyarli yotibman, ortiqça harakat qilolmayman. “ToşMI”, harbiy gospital va boşqa kasalxonalarda öz hisobimdan yotdim, uyda dorilar olib davolandim. Jami 7 ming dollar atrofida pul ketdi, soğligimni tiklayman deb döstlarimdan qarz bölib qolganman.
Jabrlanuvçi Davron Nosirov
Kasalxonaga tuşganimdan beri biror marta Milliy gvardiyaçilar kelib körişmadi. Tinç zamonda snayperdan öq yeb mehnatga yaroqsiz bölib yotibman, bu yerda jinoyat alomatlari yöq, deb işni yopvoryapti. Tergovçi oxirgi xulosani berib, öşa yerda familiyasi kelgan xohlagan birortasining ustidan sudga ariza ber, qurolni kim işlatganini bilmaymiz, deydi. Qanday qilib bilmaslik mumkin, axir qurol kimgadir biriktirilgan böladi-ku”, – deydi Davron Nosirov.
Kun.uz bilan gaplaşgan Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti prorektori Ikromjon Mahmudov jabrlanuvçiga yordam berilganini ma’lum qildi.
“Bu holatda ekspertiza tomonidan otilgan öq aynan bizning universitetdan çiqqani tasdiqlangaç, biz öşa oilaga 3 marta bordik. Xodimlarimiz örtada 10,5 million söm pul yiğib, oilasiga taşlab keldik. Keyin soğligi tufayli borolmagani uçun öqiyotgan joyi – Milliy universitetda muammolari bor ekan. ÖzMU rektoriga vaziyatni tuşuntirib, masalani hal qilişga yordam berdik.
Öq masalasiga kelsak, tir – öq otiş joyimiz çuqurlikda joylaşgan va xavfsizlik çoralari körilgan. Tepa qismi oçiq bölsa ham, nişonlarning orqasida beton tösiqlar bor. 30 yildan buyon şu yerda maşğulotlar qilinadi, lekin heç qaçon bunaqa holat bölmagan. Öq qanday qilib çiqib ketganini heç kim bilmaydi.
Şu öqni aynan kim otganini ham aniqlaşning iloji yöq. Çunki tirda kursantlar birdaniga 8 ta yölakdan öq otadi. Davron Nosirovga öq tekkan vaqtda ham şunday bölgan. Patronning faqat gilza qismida raqam böladi, uçib çiqadigan öq qismida esa heç qanday yozuv bölmaydi.
Biz jabrlanuvçiga qonun doirasida har qanday yordam berişga tayyormiz. Oldilariga borganda ham aytdik, sudga murojaat qilinglar, deb. Sud qarori bilan yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni tölab beramiz, biz bundan qoçmaymiz”, – dedi Jamoat xavfsizligi universiteti prorektori.
Davron Nosirovning iş beruvçisi hisoblangan “Hududgazta’minot” AJ matbuot kotibi Mehribon Mametova u bilan sodir bölgan voqeadan xabardor ekanini aytdi.
“Hududiy kasaba uyuşmasi boşliği tuman bölimi rahbarlari uni oldiga borib holidan xabar olişgan. Şuningdek, unga tegişli hujjatlarni taqdim qilganda qonunçilikda körsatilgan yordamlarni olişi haqida tuşuntirişlar berilgan. Hozir u rasman “bolniçniy”da, işdan böşatilmagan. Biz xodimlarimizni taşlab qöymaymiz”, – dedi u.
Harbiy prokuratura matbuot kotibi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda jabrlanuvçining onasi yozgan ariza asosida Toşkent harbiy prokuraturasi tomonidan işni qayta köriş boşlanganini ma’lum qildi.