Bugun, 8 iyun kuni soat 03:14 da Qoraqalpoğiston Respublikasi, Törtköl tumani «Oq qamiş» OFY hududidan ötgan A-380 avtomagistral yölining 555-kilometrida avtobus yonib ketdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, Toşkent şahridan Nukus şahriga salonida 55 nafar yölovçi va 2 nafar haydovçi bilan harakatlanib kelayotgan «Yutong» rusumli yölovçi taşuvçi avtobusda yonğin sodir bölayotgani töğrisida tuman FV bölimiga xabar kelib tuşgan.

Şunga köra 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 04:15 da bartaraf etilgan. Yonğin natijasida avtobus töliq yonib zararlangan.

Yonğin elektr simlarining qisqa tutaşuvi natijasida sodir bölgani taxmin qilinmoqda.

Ma’lum qilinişiça, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bölganlar yöq.

FVV xabariga köra, eng yaqin yonğin öçiriş qismidan yonğin röy bergan manzilgaça bölgan masofa taxminan 45 kilometrni taşkil etadi.