Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

5 iyun kuni Toshkentga olib kelingan kubokning taqdimotiga qiziqish yurtimiz futbol muxlislari orasida katta edi. Bundan tashqari, muxlislarda nafaqat futbol olamining eng nufuzli sovrini, balki ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan futbol afsonalari bilan ko‘rishish imkoniyati ham taqdim etildi. Bu galgi tur doirasida Jahon kubogiga 1998 yilda Fransiya bilan mamlakat tarixida dastlabki chempionlikni tantana qilgan Kristian Karambyo va 2010 yilda Ispaniyaga o‘z tarixidagi birinchi mundial chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan Karles Puyol hamrohlik qilishdi. 

Dastavval, futbol afsonalari «Bunyodkor» stadionida bo‘lib, yosh futbolchilarga o‘ziga xos master-klass o‘tab berishdi.

Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi
Foto: Coca-Cola kompaniyasi

So‘ngra tadbirning hamma orziqib kutgan qismi boshlandi. «Tashkent City»da joylashgan «Congress Hall»da futbol afsonalari Jahon kubogining taqdimotini amalga oshirishdi. So‘ngra Puyol va Karambyo Jahon kubogi va uni qo‘lga kiritish emotsiyalari haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi. 

Foto: Coca-Cola kompaniyasi