O‘zbekiston | 14:36 / 09.06.2022
6432
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda O‘zbekiston – Turkiya pistachilik markazi tashkil etiladi

Prezident “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va qishloq hududlarini rivojlantirish yo‘nalishlarida 2022 yil yakuniga qadar Jahon banki “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablag‘lar hisobidan Andijon viloyati tanlab olingan Oltinko‘l, Namangan viloyati Chust va Farg‘ona viloyati Rishton tumanlarida innovatsion usullarni qo‘llagan holda intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha maxsus (pilot) loyihalar amalga oshiriladi.

Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi, Turkiya serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari ko‘riladi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2022 yil yakuniga qadar:

xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini ko‘radi;

Samarqand viloyatida O‘zbekiston – Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid