Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatida bir kunda ikki kişi poyezd urib ketişidan vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Transport prokuraturasi hodisalar böyiça rasmiy ma’lumot berdi.

2022 yil 7 iyun kuni soat 06:30 da Termiz - Toşkent -Andijon yönalişidagi yölovçi poyezdi “Jaloir-Kuçluk” temiryöl bekatlari oraliği, 24-kilometr 8-tösiqda Örta Çirçiq tumani tibbiyot birlaşmasida röyxatda turuvçi, 1-guruh nogironi (quloğida nuqsoni bor), Örta Çirçiq tumanida yaşagan, 1995 yilda tuğilgan erkak kişini urib yuborgan. 

Bildirilişiça, fuqaro öz ehtiyotsizligi hamda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Şu kuni soat 09:50 da Bözsuv - Çirçiq yönalişi böyiça harakatlanib ketayotgan elektrovoz “Bözsuv - Çirçiq” temiryöl bekatlari oraliği, 31-kilometr, 3-tösiqda harakatlanib ketayotgan vaqtida piyodalar ötiş joyidan Çirçiq şahrida joylaşgan novvoyxonada işçi bölib işlagan, Çirçiqda joylaşgan dökonlarga non olib borib beriş maqsadida velosiped haydab, qöl telefonidan foydalanib ötib ketayotgan, 2002 yilda tuğilgan erkak kişini urib yuborgan. 

Transport prokuraturasi xabariga köra, fuqaro öz ehtiyotsizligi hamda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holatlar yuzasidan Toşkent viloyati transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.