Unga ko‘ra, Urganch tumanining 2812,38 gektar (shundan qishloq xo‘jaligi yerlari 709,0 gektar) yer maydoni Urganch shahri hududiga o‘tkaziladi. Ma’muriy-hududiy birliklarning yangi chegarasi belgilanadi.

Kengash qarori prezidentning 2012 yil 6 dekabrdagi «Xorazm viloyatining obodonchilik va aholi suv ta’minotini tubdan yaxshilash, Urganch shahar bosh rejasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi qonuni va «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunga asoslangan.

Loyiha tasdiqlansa, Urganch shahri va Urganch tumani o‘rtasidagi ma’muriy-hududiy chegaraning umumiy perimetri 44462,01 metrni, shaharning umumiy maydoni esa 5702,34 gektarni tashkil etadi.