Açilov Murodjon Azamatoviç Xorazm viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar u 2020 yil aprel oyidan buyon Gurlan tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin, 2018 yildan boşlab “Agrobank” boşqaruv raisi örinbosari bölgan.
Açilov 2021 yil noyabrida öz vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondaşgan va jiddiy kamçiliklarga yöl qöyilgan deb topilgan Xorazmdagi 12ta tuman-şahar hokimlari qatorida hayfsan olgan edi.
2022 yil fevralida esa Kun.uz'ga Gurlan hokimi iştirokida ötgan yiğiliş audiosi kelib tuşgan, unda hokim kooperativlarga uyuşiş istagida bölgan fermerlarga tahdid qilgani ma’lum bölgandi.
Hokim fermerlar iştirokidagi hamkorlik şakli – kooperatsiyani “böladigan narsamas” deb atab, “kooperatsiyani öşa vaqtda bizlar öylab topganmiz, ammo bu “pustoy” narsa” degan va mahalliy klaster bilan şartnoma tuzişga fermerlarni qat’iy ohangda çorlab: “Ertaga yomonotliq bölganing qoladi, yeringdan ajraganing qoladi”, “Boşqa-boşqa statyalar çiqib keladi” degandi.
Avvalroq, aprel oyida Olmaliq şahri hokimining birinçi örinbosari Umid Şoumarov prezident selektorida tanqidlar bilan işdan olinganidan bir neça kun ötib, Toşkent viloyati Bandlik boş boşqarmasi boşliği etib tayinlangandi.












