Sil – yuqumli va inson hayoti uçun xavfli kasallik, buni hammadan ham tibbiyot xodimlari yaxşi biladi. Biroq Asaka tumanidan kelgan murojaatda tibbiyot xodimlarining özlari bemorlarga xavfli kasallik yuqişi uçun şaroit yaratib berayotgani aytiladi.

Murojaatçilar Qoratepa qişloğidagi 10-oilaviy poliklinikada krovatlar yöqligi tufayli sil kasalliklari dispanseridan krovatlar keltirilib, bemorlar sil yuqişi xavfi ostida öşa krovatlarda yotib davolanayotgani haqida xabar berişdi.

Mebellarni viloyat hokimligi tomonidan mazkur poliklinikada iş taşkil etiş uçun vakil etib tayinlangan Andijon viloyat ftiziatriya va pulmonologiya markazi rahbari Faxriddin Nasriddinov olib kelgan.

Açinarlisi, mebellar dispanserning dori-darmonga çidamli oğir sil kasallar davolanuvçi uçinçi va törtinçi bölimlaridan keltirilgan.

Biz “30 ming aholiga xavf tuğdirişi mumkin bölgan krovatlar oilaviy poliklinikaga qanday kelib qoldi?”, “Nahotki, oilaviy poliklinikaga budjetdan 10 dona krovat uçun mablağ topilmasa?” kabi savollarga javob izladik.

“Sil kasallar yotgan krovatlar xavfli ekanini bilamiz, lekin...”

Qoratepa qişloğining 30 ming aholiga xizmat körsatuvçi 10-oilaviy poliklinikasidamiz. Muassasa palatasida 10 nafar bemor haqiqatda sil kasalliklari dispanseridan keltirilgan krovatlarda yotib davolanayotgan ekan.

“Poliklinikamizga kuniga 150-200 nafar bemor keladi. Emlaş kunlari 300 nafargaça qabul qilamiz. Sil dispanseridan krovatlar heç qanday hujjatlarsiz keldi. Bölim mudiri söragan ekan. Axir bunday harakatlar SES xodimlari bilan hamkorlikda qilinişi kerak-ku? Öta yuqumli kasallik bilan oğrigan bemorlar yotgan sim krovatlarni töğridan töğri palataga qöya olmadim.