Audi kompaniyasi Nunam nemis-hind startapi bilan hamkorlikda Hindiston uchun elektr rikshalar ishlab chiqarishini ma’lum qildi

Qayd etilishicha, rikshalarga e-tron elektromobillarining eski akkumulyatorlari o‘rnatiladi. 

Elektr rikshalarni quvvatlantirish uchun quyosh batareyalari o‘rnatilgan maxsus stansiyalar quriladi. 

Audi mutaxassislari elektr rikshalarning uchta prototipini ishlab chiqqan. Rikshalarni sinovdan o‘tkazish 2023 yili boshlanadi.