“Davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş jarayonlarini taşkil etiş töğrisida”gi prezident qarorida magistratura böyiça ham qator yangiliklar belgilangan.

Imtihon bölmaydi

Endilikda davlat oliygohlari magistraturasiga kirişda mutaxassislik fanidan imtihon bölmaydi. Abituriyentlarni saralaş ularning bakalavriat diplom balli örtaça körsatkiçi va xorijiy tilni biliş darajasi böyiça milliy yoki xalqaro sertifikat balli asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oşiriladi.

Qabul yiliga ikki marta

Davlat OTMlari magistraturasiga qabul bir yilda ikki marta – avgust va yanvar oylarida taşkil etiladi. Bunda:

  • avgust oyidagi qabul – navbatdagi öquv yili uçun tasdiqlangan davlat granti va tölov-kontrakt asosidagi hamda moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining kuzatuv kengaşlari tomonidan tasdiqlangan tölov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq;
  • yanvar oyidagi qabul – dastlabki qabul natijalariga köra tölmagan örinlar hamda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan qöşimça tölov-kontrakt asosidagi qabul kvotalariga muvofiq amalga oşiriladi.

Magistraturaga qöşimça qabul kvotalari asosida öqişga qabul qilingan abituriyentlarning tölov-kontrakt summasini OTMlarning özlari mustaqil belgilaydi. Narx belgilaşda bir talabaga töğri keladigan real xarajatlardan kelib çiqiladi.

Xotin-qizlar uçun magistratura bepul

Quyidagilar davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi:

  • 2021/22 öquv yilida davlat OTMlari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, tölov-kontrakt asosida öqiyotgan xotin-qizlarning 2022/2023 öquv yili uçun tölov-kontrakt miqdori;
  • 2022/23 öquv yilidan boşlab, davlat OTMlari magistraturasiga ajratilgan qabul kvotalari doirasida bazaviy tölov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning tölov-kontrakt miqdori.

Bunda faqat bazaviy kontrakt tölovi budjetdan qoplanadi, bu “super kontrakt”ga taalluqli emas.