Özbekiston Konstitutsiyasiga özgarişlar kiritişni xalqaro taşkilotlar ham qöllab-quvvatlayapti, dedi Konstitutsion komissiya raisi Akmal Saidov.
Qonunçilik palatasi spikerining birinçi örinbosari bu haqda ayni daqiqalarda davom etayotgan Oliy Majlis palatalari kengaşlarining qöşma majlisida aytib ötdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
“Konstitutsiyaviy islohotlarimiz nafaqat Özbekiston aholisini, balki xalqaro hamjamiyatni, xorijdagi fuqarolarimizni ham qiziqtirmoqda. Men xorijdagi közga köringan arboblardan ikkitasining fikrini aytmoqçi edim. Birinçisi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining amaldagi raisi, Polşa taşqi işlar vaziri Zbignev Rau Özbekistondagi konstitutsiyaviy islohotlar öz vaqtida ötkazilayotganini, bu borada mamlakatni qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ta’kidladi.

Kuni keça YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Ouen Myorfi yurtimizga taşrif buyurdi. Ular 2021 yil 24 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça özlarining yakuniy xulosasini aprelda berişdi. Bu yerga kelganlarida Oliy Majlis Qonunçilik palatasida ham uçraşuv böldi, barça siyosiy partiyalarning rahbarlari, vazirliklar, saylovga aloqasi bölgan hamma taşkilotlar, xususan, Markaziy saylov komissiyasi rahbarlari uçraşişdi. Ular hamma uçraşuvlarda saylov qonunçiligiga oid öz taklif-mulohazalarini aytişdi hamda Özbekistonda amalga oşirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar taşabbusini qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi.
Lekin şu yerda bitta narsani aytib ötib ketay. YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi ikkita taklifni ilgari surmoqda. Birinçisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni körsatişda qöyilgan talablar – respublika hududida muayyan muddat yaşagani (ötroqlik senzi) hamda til bilişiga oid talablarni olib taşlaşimizni, bu çeklov ekanini aytişmoqda. Ikkinçisi, muomala layoqati çeklanganlarga, ya’ni aqli norasolarga ham saylaş huquqini berişimizni söraşmoqda. Biz keyingi muhokamalarimizda bu takliflarga ham e’tibor bersak juda yaxşi bölardi”, dedi Akmal Saidov.















