Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departament hamda DXX Qöşrabot tumani bölimlari tomonidan 2022 yil 9 iyun kuni tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbirda, SamDU öqituvçisi S.M. fuqaro N.ni 4 ming dollar evaziga uşbu universitet qoşidagi “Özbekiston-Finlandiya” pedagogika institutining “Tasviriy san’at va çizmaçilik” yönalişiga öqişga kiritib qöyişga kelişib, şundan 2 ming dollarni joriy yil 7 iyun kuni qölga kiritib, qolgan 2 ming dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tadbir davomida S.M. öz aybiga iqror bölib, N.dan olgan 2 ming dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylaştirilgan.
Şu kabi, departamentning Toşkent şahar boşqarmasi hamda DXX xodimlari hamkorlikda ötkazgan tezkor tadbirda, fuqaro U.M. va Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi N.R. fuqaro D.ni tanişlari yordamida uşbu universitetga öqişga kiritib qöyiş evaziga 3,5 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Bundan taşqari, departamentning Andijon viloyat boşqarmasi tomonidan fuqaro murojaatiga asosan ötkazilgan tezkor tadbirda, Böston tumani Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori A.A. öz xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaro O.ni özi rahbarlik qilib kelayotgan texnikumga öqişga kiritib qöyişi evaziga 300 dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.


















