Rossiyalik foydalanuvçilar Microsoft dasturlarini yuklab olişda muammolarga duç kelişdi: Windows 10 va 11 operatsion tizimlarini örnatiş uçun yordamçi dasturlar, şuningdek, operatsion tizimlar namunalari va Media Creation Tool dasturlari böyiça nosozliklar kelib çiqmoqda, deb xabar berdi DTF portali 18 iyun, şanba kuni.
Muammolar haqida birinçi xabarlar 2022 yil iyun örtalarida paydo böldi, Qozoğistondan bir neçta şikoyatlar kelib tuşdi. Tasvirlarni yuklab olişga urinayotganda, foydalanuvçilar fayl yoki katalog topilmaganligini bildiruvçi «404 xato»ga duç kelişdi. Yevropa va Amerika VPN fayllari orqali ulanganda yuklab oliş mumkin.
DW muxbiri Rossiya IP-manzilidan VPN’ga kiriş orqali Microsoft dasturiy ta’minotini yuklab olişga harakat qildi, biroq bir xil xato xabariga duç keldi.
Muammo «Bilayn» simli internetida, şuningdek, Ms, "Bilayn" va Tele2 mobil interneti orqali ulanganda yuzaga kelmoqda, deya qayd etgan CNews naşri. Microsoft özining ayrim mahsulotlarini Rossiyada işlatib bölmayotgani haqidagi xabarlarga rasman izoh bermadi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan söng, Microsoft Rossiyada yangi mahsulotlarni sotişni töxtatganini e’lon qildi.
Şu bilan birga, mart oyining oxirida, Reuters agentligining yozişiça, Microsoft prezidenti Bred Smit Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga maktub yöllab, unda Kiyevning Rossiya bilan barça aloqalarni uziş haqidagi çaqiriqlariga qaramay, Microsoft mamlakatda sanksiyalarga tuşmagan mijozlar, jumladan maktablar va kasalxonalarda öz biznesini davom ettirişini tuşuntirdi.
«Uşbu muassasalarni dasturiy ta’minot yangilanişi va xizmatlaridan mahrum qiliş begunoh fuqarolar, jumladan, bolalar va qariyalarning salomatligi va xavfsizligiga xavf tuğdirişi mumkin», deb tuşuntirdi Smit 14 mart kungi maktubida. Xuddi şu murojaatda u Microsoft kompaniyasi AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa ittifoqi hukumatlari bilan Rossiyada «joriy xizmatlar va qöllab-quvvatlaşni töxtatiş» masalasini muhokama qilayotganini yozgan.
Iyun oyi boşida kompaniya «iqtisodiy istiqbollarning özgarişi va biznesga ta’sir natijasida Rossiyadagi operatsiyalarni sezilarli darajada qisqartirişga» qaror qilganini bildirdi. «Yangi sotuvlar töxtatilişi davom etar ekan, biz rossiyalik mijozlar bilan mavjud şartnoma majburiyatlarini bajarişda davom etamiz», — deya kompaniya sözlaridan iqtibos keltirgan Bloomberg.

















