O‘zbekiston | 07:27 / 21.06.2022
4763
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonni rivojlantirish uchun 400 mln dollar ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining “Jahon banki ishtirokida “O‘zbekiston o‘tish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images

Norma’ning yozishicha, 2021 yil 16 dekabrda Jahon banki ishtirokida “O‘zbekiston o‘tish davridagi rivojlanish siyosatini jadallashtirish” loyihasini amalga oshirish doirasida davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun:

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankidan (XTTB) 5 yillik imtiyozli davr bilan 18 yil muddatga 150 mln dollar;

Xalqaro taraqqiyot uyushmasidan 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 250 mln dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi.
 
Davlat budjeti hisobidan mazkur kreditlar bo‘yicha qarzni qaytarish, foiz va vositachilik haqi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirishning prognoz jadvali tasdiqlandi.

Kreditlar respublika budjetining xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi. Moliya vazirligi loyiha bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid