Andijonning Qörğontepa tumani hokimligi ikki fuqaroni navbatsiz Hajga yuboryapti. Ular mahalladan tavsiyanoma ham olmagan, arizani şu yil bergan, ya’ni navbatda ulardan oldin yuzdan ortiq fuqaro bor. Mutasaddining aytişiça, bu ikki fuqaro “homiylik yordami körsatişga va’da bergani” uçun navbatsiz jönatilyapti, lekin bu ham sabab bölolmaydi – ulardan oldin navbatda turganlar orasida ham homiylik qilişga tayyorlar bor.

Haj ziyoratini taşkil etişdagi mas’ullarning adolatsiz harakatlari haqida maqola yoziş juda qiyin ekan. Yoşi uluğlar bu farz amali haqida “Hajga Yaratganning özi çaqiradi” deyişadi.

Mahallalarda Haj safariga boriş uçun ariza yozib, röyxatga kiritilgan, biroq uzoq yillardan beri öz navbatini kutayotgan minglab insonlar bor. Şunday insonlardan biri, Qörğontepa tumani Qorasuv şahri Birlik mahallasida yaşovçi Anorxon Rahimova murojaati ortidan suriştiruv ötkazdik.

Oqibatda ma’lum böldiki, tuman hokimligi vakillari bu yilgi ziyoratga mahalladagi mavjud “Haj ziyoratiga boriş istagini bildirgan fuqarolarni röyxatga oliş kitobi”da ön yillab navbatda turgan fuqarolar örniga joriy 2022 yil fevral oyida ariza bergan insonlarni jönatayotgani aniqlandi.

Hokimlik mutasaddisi – Diniy işlar böyiça qömitaning Qörğontepa tumani böyiça boş mutaxassisi Husanboy Abdulhamidov mahalla daftari va özida mavjud hujjatlardagi çigal faktlarni inkor qila olmadi.

Bizga murojaat qilgan Anorxon Rahimova ziyoratga boriş uçun 2014 yili ariza yozgan va öz mahallasidagi röyxatda 130-örinda turibdi. Bir oy oldin Birlik mahallasi raisi Mohigul Siddiqova uning xonadoniga kirib, röyxatda undan oldin turgan odamlarda imkoniyat bölmasa, opada muborak amallarni bajarib keliş imkoniyati tuğilganini aytadi. Anorxon opa tayyorgarlik körişni boşlaydi. Biroq Hajga röyxatda 230- va 231-örinlarni egallab turgan, 2022 yil fevral oyida ariza yozgan mahalladoşlari ketmoqda.

Qörğontepa tumani röyxatdagi vakillarining Saudiya Arabistoniga boriş uçun viza bilan boğliq barça hujjatlari tayyor va ular 27 iyun kuni yölga çiqişlari rejalaştirilgan.