Fevral oyida Eltuz va unga asoslangan holda Uzmetronom naşrlari Mass-media fondi raisi Komil Allamjonovni 4,2 mln dollarlik tilla va brilliant buyumlarni bojsiz olib kirişda iştirok etgani iddao qilingan maqolalar e’lon qilgan edi.

Har ikkala materialda ham ayblovlarni tasdiqlovçi faktlar keltirilmagan, ikkinçi tarafning pozitsiyasi olib çiqilmagandi. Allamjonov buni tuhmat deb atab, ayrim naşrlar “haddidan oşib ketgani”ni ta’kidlagan va huquq organlariga murojaat qilganini bildirgandi.

21 iyun kuni Eltuz naşri maqoladagi iddaolar “töliq tasdiğini topmagani vajidan” öz sayti va tarmoqlardagi barça sahifalaridan olib taşlaganini ma’lum qildi. Şuningdek, tahririyat maqolani qayta çop etgan naşrlar, jumladan Uzmetronom sayti va unga Twitter'da havola bergan “Çegara bilmas muxbirlar” taşkilotini öz qaroridan rasman xabardor qilgan.

Naşr maqolani çop etişdan “heç bir şaklda heç bir şaxsni obrösizlantiriş yoki unga tuhmat qiliş qasd etilmagani”ni ta’kidlagan.

“Tahririyat reputatsion zarar uçun maqolada körsatilgan şaxs Komil Allamjonovdan uzr söragan xolda, uning Özbekistonda söz erkinligini ta’minlaş yölidagi sa’y-harakatlariga omad tilaydi. Tahririyat Germaniya qonunçiligi asosida sud tomonidan tayinlanişi mumkin bölgan jarimani tölaşga tayyorligini bildiradi”, deyiladi rasmiy bildirişda.

Avvalroq, 19 iyun kuni Uzmetronom sayti ham Eltuz'ga tayanib berilgan mazkur mavzudagi ikkita xabarini öçirganini ma’lum qilgandi. Naşr bu boradagi xabariga “Birlamçi manba orqaga harakatlana boşladi” deya sarlavha qöygan.

Xabardan ma’lum bölişiça, naşr boş muharriri Sergey Yejkov ustidan tuhmat moddasi bilan jinoyat işi oçilgan. Iş tafsilotlari ma’lum emas.

Mazkur xabarlar ortidan Komil Allamjonovning ma’lum qilişiça, uning huquqşunos va advokatlari bu masalaga jiddiy kirişib, ötgan vaqt davomida köplab huquqiy çoralarni qöllagan.

“Eltuz tahririyatiga Germaniya qonunçiligi asosida huquqiy baho beriş uçun hozirda Germaniya huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlariga berilgan. Uzmetronom sayti esa Özbekistonda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga topşirilgan”, dedi Mass-media fondi rahbari.