Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi Vasiylik kengaşi raisi Komil Allamjonov Uzmetronom.com sayti asosçisi Sergey Yejkov ustidan huquqni muhofaza qiluvçi organlarga ariza berganini ma’lum qildi.
Bunga Yejkov tomonidan öz saytida e’lon qilingan “Brilliantoviy malçik” sarlavhali maqola sabab bölgan. Maqolada Allamjonov 4,2 mln dollarlik tilla taqinçoqlarni Özbekistonga noqonuniy olib kirişga şerik bölganlikda ayblangan.
“Albatta, bu tuhmat, töqima ertak. Eng yomoni özining maqolasida u [muallif] meni öta oğir jinoyat, ya’ni Jinoyat kodeksining 182-moddasida nazarda tutilgan “Bojxona töğrisidagi qonunlarni buziş” oğir jinoyatini sodir etişda ayblagan”, – dedi Komil Allamjonov.
Mass-media fondi raisining sözlariga köra, 2016 yilga qadar mazkur muallif odamlarni qoralaş böyiça ayrim maxsus xizmatlarning buyruqlarini bajarib kelişi haqida gap-sözlar bölgan.
“Men Sergey Yejkovning kimligini unça yaxşi bilmayman, özi bilan şaxsan taniş emasman. Lekin 2016 yilga qadar odamlar orasida, u göyoki ayrim maxsus xizmatlarning buyurtmalarini bajarib kelgan, degan gaplar yurardi. Göyoki u ayrim fuqarolarni obrösizlantiriş quroli sifatida işlatilib kelingan, degan fikrlar ham yöq emas. Men buni bilmayman, rost yoki yolğonligini. Lekin şunday fikrlar albatta bölgan. Bu safar ham ana şunday buyurtma bormi yoki yöqmi, buni tergov hal qiladi. Uni tergovga beramiz”.
Şuningdek, Allamjonov söz erkinligi qöllaşi, biroq har bir tanqidiy material faktlarga asoslangan bölişi kerakligini aytgan.
“Men tahlil qilib kördim, 2019 yildan buyon Sergey Yejkov tomonidan “Allamjonov” mavzusi böyiça 30 dan ortiq tanqidiy maqola çiqqan ekan. Şu vaqtgaça indamadim, çunki men hamişa söz erkinligi, matbuot oçiqligi tarafdori bölib kelganman. Buning uçun kuraşganman, hozir ham harakat qilib, kuraşib kelyapman va bu narsani men faqatgina ijobiy baholayman. Lekin bir izoh bilanki, har bitta maqola, material va tanqid faktlarga asoslangan bölişi kerak.
30 ta maqolaga indamadim, lekin oxirgisi ötib tuşdi. Ötkazvordi, judayam oşirvordi. Gap mening obröyim, meni reputatsiyam haqida ketyapti. Men bu narsaga befarq bölib qarolmayman. Bu söz erkinligi ham, matbuot ham emas. Bu matbuot nomi ostidagi instrumentdan jirkanç maqsadlar ostida foydalaniş hisoblanadi va bunga albatta çora körilişi kerak. Biz bunday matbuot va söz erkinligiga mutlaqo qarşimiz. Bunday bölişi kerak emas.

















