Bolgariyada hukumat inqirozi avj oldi. 22 iyun, çorşanba kuni Bolgariya parlamenti öz vazifasini atigi olti oy oldin boşlagan, yevropaparast boş vazir Kiril Petkov boşçiligidagi vazirlar mahkamasiga işonçsizlik votumini qabul qildi. Avvalroq Petkov korrupsiyada ayblangan boş vazir Boyko Borisovni almaştirgandi.
Hozir Borisov Petkov hukumatiga işonçsizlik votumini ötkaziş taşabbusi bilan çiqqan eng yirik muxolifat partiyasi - «Bolgariyaning Yevropa taraqqiyoti uçun fuqarolar» (BeTF) partiyasini boşqaradi. Minglab odamlar Sofiya köçalariga çiqib, hokimiyatdan ayrilgan boş vazirni qöllab-quvvatlaganliklarini namoyiş qilişdi. Bolgariya prezidenti Rumen Radev yana Petkovga vazirlar mahkamasini şakllantirişni topşirdi, biroq muvaffaqiyatsizlikka uçragan taqdirda mamlakatda yangi parlament saylovlari ötkazilişi mumkin.
Taxminan ikki hafta avval Petkov boşçiligidagi hukmron söl-liberal koalitsiya qöşiqçi Slavi Trifonov boşçiligidagi «Bunday xalq bor» populistik partiyasi partiyasi uni tark etganidan söng, parlamentdagi mutlaq köpçilikni yöqotdi. Koalitsiyadagi qarama-qarşiliklar Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi boşlanganidan keyin kuçaydi. Aprel oyi oxirida Rossiyaning «Gazprom» konserni Bolgariyaga gaz yetkazib berişni töxtatdi.
Avvalroq, 17 mart kuni Boyko Borisov Yevropa ittifoqi mablağlarini özlaştirganlikda gumonlanib hibsga olingan, biroq bir kundan keyin qöyib yuborilgan, şundan söng Kiril Petkov prokuraturani uning korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça işlarini sabotaj qilişda ayblagan edi. Hokimiyatga kelgan Petkov Bolgariyani «mafiyasiz, muvaffaqiyatli» oddiy Yevropa davlatiga aylantiriş uçun kuraşişga va’da berdi.
Boyko Borisov Bolgariya hukumatini 2009 yilning iyulidan 2013 yilning martigaça, 2014 yilning noyabridan 2017 yilning yanvarigaça va 2017 yilning mayidan 2021 yilning mayigaça boşqargan. U lotereya magnatlaridan biridan tölangan soliqlarni qaytariş evaziga pora olganlikda gumon qilinmoqda.

















